Yaxshiboyevga imkon bermagan bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Jasur Yaxshiboyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Obuna bo‘lish
Yaxshiboyevga Polsha yashil maydonlarida umuman imkoniyat bermagan Cheslav Mixnevich “Legiya” futbol klubining bosh murabbiyligini tark edti, uning o‘rnida ishni Marek Golembevskiy davom ettiradi.
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Cheslav Mixnevich Polshaning "Legiya" futbol klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda “Legiya” futbol klubining rasmiy saytida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mixnevich bilan birga uning yordamchisi Komil Potrikus ham jamoani tark etadi.
Polshaning amaldagi chempioni “Legiya” futbol klubi o‘zbekistonlik muxlislarga Yaxshiboyev orqali yaxshi tanish. O‘tgan yili Yaxshiboyev Paxtakor FKga tegishli bo‘la turib Belarusiyaning “Shaxtor Soligorsk” klubida ijarada to‘p surgan, va mavsum yakuniga ko‘ra, to‘purarlikni qo‘lga kiritgan. Bunday muvaffaqiyatlardan so‘ng, Polshaning “Legiya” jamoasi bilan uch yillik bitim imzoladi. Transfermarket sayti mazkur transferni 300 ming yevro deb baholagan.
Jasur yangi jamoaga qo‘shilgan paytda Yaxshiboyev haqida Mixnevich o‘z fikrlarini bildirgan.

“Yaxshiboyevga katta umidlarni bog‘lamoqdaman. Men uni bir nechta pozitsiyalarda o‘ynay oladigan futbolchi sifatida ko‘rayapman”, – dedi u.

Bu so‘zlar hech qanday isbotini tompay, amalda unga umuman imkoniyat berilmagan. Polsha yashil maydonlarida bir necha daqiqa ko‘rinish berdi xolos.
Djasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK Sherif i FK Madrid Real - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
"Real Madrid" darvozasiga gol urgan Yaxshiboyev taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi - video
Bundan so‘ng, o‘yin amaliyotisiz qolayotgan Jasur Yaxshiboyev yozda jamoasini almashtirishga rozi bo‘ldi. Moldovaning "Sherif" klubiga ijara asosida "Legiya Varshava" klubidan kelib qo‘shildi.
“Legiya” futbol klubining raxbariyati mutaxassislarga 2020/2021 yilgi mavsumda Polsha chempionligini qo‘lga kiritgani va UYeFA Yevropa Ligasi 2021/22 guruh bosqichiga chiqqani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0