"Real Madrid" darvozasiga gol urgan Yaxshiboyev taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi - video

© AFP / JAVIER SORIANODjasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK "Sherif" i FK "Madrid Real"
Djasurbek Yaxshiboyev vo vremya matcha mejdu FK Sherif i FK Madrid Real - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
"Real Madrid" darvozasiga gol urgan Yaxshiboyev o‘yindan so‘ng qisqa intervyu berdi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik forvard Jasur Yaxshiboyev "Real" klubiga qarshi o‘yindan so‘ng qisqa intervyu berdi.
“Bolaligimdan "Real"ga qarshi o‘ynashni orzu qilganman. Gol urishni xohlagandim, ammo buni amalga oshirishimni tasavvur qila olmasdim”, - dedi o‘zbekistonlik futbolchi.
Kuni kecha “Santyago Bernabeu” stadionida Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi turidan o‘rin olgan "Real Madrid" – "Sherif" uchrashuvi kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev “Real Madrid” darvozasini ishg‘ol qildi.
65-daqiqada “Real” hujumchisi Karim Benzema penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
89-daqiqada esa Sebastan Till raqib darvozasiga aniq yo‘lladi. Shu tariqa, o‘yin 1:2 hisobida “Sherif” jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Sherif" guruhda 6 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0