O‘zbekiston prezidentining rasmiy belgilari joriy etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Obuna bo‘lish
Endilikda O‘zbekiston prezidenti o‘zining belgisi va shtandartiga (bayrog‘iga) ega bo‘ladi.
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi.
Kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti o‘zining belgisi va shtandartiga (bayrog‘iga) ega bo‘ladi.
Prezident belgisi va shtandarti (bayrog‘i) tavsifi, ulardan rasmiy foydalanish tartibi prezident tomonidan belgilanadi.
Ushbu hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 18-oktabr kuni qabul qilingan edi. 21-oktabr kuni Senat uni ma’qulladi.
Deputati prinyali zakon, kotorim uchrejdayutsya simvoli prezidenta — znak i shtandart (flag). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
O‘zbekiston prezidentining o‘z belgisi va shtandarti bo‘ladi
Ma’lumot o‘rnida, shtandart – maxsus turdagi bayroq. Xorijiy davlatlarda u prezidentlik belgisi (ramzi) hisoblanadi. U prezident ishtirok etadigan barcha muhim tadbirlarda, inauguratsiya (qasamod qabul qilish) paytida hamda prezident qarorgohlarining binolari va xizmat xonalarida ko‘tariladi.
Prezident belgisi – prezidentning farqlovchi rasmiy belgisi. Bu belgi prezidentlik lavozimiga saylangan shaxsni o‘z lavozimiga yuklatilgan og‘ir vazifalarni samarali amalga oshirishida xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qiladi. Prezident belgisi ushbu lavozimga saylangan shaxsga lavozimga kirishish chog‘ida u qasamod qabul qilganidan so‘ng topshiriladi va konstitutsiyaviy vakolat muddati tugagunga qadar prezidentda saqlanadi
Yangiliklar lentasi
0