O‘zbekiston prezidentining o‘z belgisi va shtandarti bo‘ladi

© Press-slujba Minyusta RUzDeputati prinyali zakon, kotorim uchrejdayutsya simvoli prezidenta — znak i shtandart (flag).
Deputati prinyali zakon, kotorim uchrejdayutsya simvoli prezidenta — znak i shtandart (flag). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Deputatlar davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandartini (bayrog‘i) joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasini deputatlarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim qildi.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi bilan O‘zbekiston prezidentining farqlovchi belgilari, ya’ni o‘z belgisi va shtandarti (bayrog‘i) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.
Xorijiy davlatlarda davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandarti yangi saylangan prezidentga qasamod qabul qilgandan keyin topshirilishi belgilangan. O‘zbekiston qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Ushbu tartib lavozimga saylangan shaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oshirishiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qilishi ta’kidlandi.
Hujjat Senatga yuborildi. Endi qonun yuqori palata tomonidan ham ma’qullanishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0