“Tolibon”* avvalgi hukumatni tanazzulga yuz tutishini xohlashmagan

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishPredstavitel dvijeniya "Taliban"* Abdul Salam Xanafi i ministr ekonomiki Afganistana, chlen rukovodstva dvijeniya "Taliban"* Kari Din Moxammad Xanif
Predstavitel dvijeniya Taliban* Abdul Salam Xanafi i ministr ekonomiki Afganistana, chlen rukovodstva dvijeniya Taliban* Kari Din Moxammad Xanif  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* avvalgi hukumatni tanazzuli Afg‘oniston uchun halokatli bo‘lganligini ta’kidladi
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Afg‘onistonning avvalgi hukumati insonlar xohish-istagiga javob bermay, davlatga ziyon keltirgan. Bu haqda muvaqqat hukumatning axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Zabihulloh Mujohidning intervyusiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

“Avvalgi hukumat Afg‘onistonga zarar yetkazdi, deb hisoblayman, chunki agar urushni to‘xtatib, konstruktiv muzokaralar boshlanishiga erishganimizda, vaziyat hozirgidan yaxshiroq tomonga o‘zgargan bo‘lardi. Bu esa o‘z navbatida tashkilot va idoralarni tanazzulga yuz tutishiga olib kelmay, odamlarning mamlakatdan qochib ketish holatlari bo‘lmas edi", – dedi Mujohid.

Bundan tashqari, Mujohid AQShni ham tanqidga olib, mamlakatga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatganligini ta’kidlab, bunga qo‘shimchasiga boshqa davlatlarga ham yangi afg‘on hukumatini tan olmaslikka da’vat etayotganligini aytib o‘tdi.
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Eslatib o‘tamiz, toliblar sentabr oyinig boshida yangi hukumat tarkibini e’lon qilgan. “Tolibon”*ning avvalgi qudrati paytida (1996-2001 y.y.) mamlakat TIV rahbari lavozimini egallab kelgan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshlig‘i (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi o‘rinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlanishdi.
Sal avvalroq, Mujohid Tehronda Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan mamkalatlarning TIV rahbarlari uchrashuvida qatnashmasliklarini bildirib o‘tgandi.
* RFda ta’qiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0