Sug‘urtaning barcha turlari elektron amalga oshiriladi

© Depositphotos / DimaberkutRuki nad klaviaturoy
Ruki nad klaviaturoy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
2023 yildan majburiy sug‘urtaning barcha turlarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. 2022 yil 1-iyuldan sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat beriladi. Prezident tegishli qarorga imzo chekdi.
Hujjat bilan 2023-yil 1-yanvardan majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
2022 yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha hayot sug‘urtasi sohasidagi sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
2022 yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvargacha ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.
 Veterinar derjit v rukax shpris s preparatom Karnivak-Kov ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
O‘zbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta mavjud
2022 yil 1-iyungacha transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi negizida barcha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.
Sug‘urta shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 2022-yil 1-iyuldan inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0