O‘zbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta mavjud

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tish Veterinar derjit v rukax shpris s preparatom "Karnivak-Kov" ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve
 Veterinar derjit v rukax shpris s preparatom Karnivak-Kov ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
Sug‘urta polisi uchun to‘lov 5 va10 ming so‘m bo‘lib, bunda sug‘urta javobgarligi 25 va 50 mln so‘mni tashkil etadi.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik.O‘zbekistonda vaksinatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifing davomida “O‘zagrosug‘urta” AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov ma’lum qildi.
“So‘nggi vaqtlarda koronavirusga qarshi vaksinalar haqidagi turli mish-mishlar aholi orasida emlanishdan ikkilanishni keltirib chiqarmoqda. “UZINSURANCE” kompaniyasi tomonidan bozorda birinchilardan bo‘lib, vaksina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi yoki vafot etish holatlaridan sug‘urta qilish mahsuloti ishlab chiqilgan” – dedi u.
Ma’lum qilinishicha, sug‘urta polisi uchun to‘lov 5 va10 ming so‘m bo‘lib, bunda sug‘urta javobgarligi 25 va 50 mln so‘mni tashkil etadi.
Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaksina olish jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar talab etiladi.
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari davom ettirilmoqda. Jami 12,4 million dozadan ziyod vaksinadan foydalanilgan. Shu kungacha 1,4 milliondan ziyod kishi kovidga qarshi to‘liq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0