https://oz.sputniknews.uz/20211025/ozbekistonning-eoiiga-tolaqonli-azo-bolishini-istagan-bolardik--kalashnikov--21084103.html
O‘zbekistonning YeOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lishini istagan bo‘lardik – Kalashnikov
O‘zbekistonning YeOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lishini istagan bo‘lardik – Kalashnikov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishining foydali... 25.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-25T18:41+0500
2021-10-25T18:41+0500
2021-10-25T18:42+0500
iqtisod
hamkorlik
yeoii
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/19/21083449_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_34df428dd7460dbf376d237b167770c0.jpg.webp
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikov Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida O‘zbekistonning YeOIIga ehtimoliy qo‘shilishining ijobiy tomonlari haqida so‘zlab berdi.U O‘zbekistondagi ko‘p siyosatchilar va tadbirkorlar ittifoqqa kirishning foydasini hali oxirigacha tushunib yetishmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan O‘zbekiston biznesi faqat foyda ko‘radi, chunki u uchun Rossiyaning ulkan bozori ochiladi.U Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni misol tariqasida keltirdi.“YeOIIga a’zolik Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tovar ayirboshlash hajmini 20-25 foizga oshirishga imkon berdi”, - dedi u.Kalashnikov Ittifoqning umumiy texnik reglamenti O‘zbekistonga u yoki bu mahsulotni sotishda yengillik tug‘dirishini qo‘shimcha qildi.Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Aktam Haitov O‘zbekiston YeOII bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan edi. Uning fikricha, meva-sabzavotlar, to‘qimachilik-trikotaj mahsulotlarga bo‘lgan barqaror o‘sish sur’atini hisobga olgan holda, ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilish eksportni ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210901/prezident-ozbekiston-eoii-bilan-samarali-aloqalarni-yolga-qoyishga-erishdi-20320027.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/19/21083449_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a242698c8f7612662d3b27f1306f406d.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, hamkorlik, yeoii
iqtisod, hamkorlik, yeoii
O‘zbekistonning YeOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lishini istagan bo‘lardik – Kalashnikov
18:41 25.10.2021 (yangilandi: 18:42 25.10.2021) Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishining foydali jihatlarini sanab o‘tdi.
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikov Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida O‘zbekistonning YeOIIga ehtimoliy qo‘shilishining ijobiy tomonlari haqida so‘zlab berdi.
“Biz O‘zbekiston YeOIIda epizodlar bilan, kuzatuvchi emas, balki to‘laqonli a’zo bo‘lishini istagan bo‘lardik”, - dedi Kalashnikov.
U O‘zbekistondagi ko‘p siyosatchilar va tadbirkorlar ittifoqqa kirishning foydasini hali oxirigacha tushunib yetishmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan O‘zbekiston biznesi faqat foyda ko‘radi, chunki u uchun Rossiyaning ulkan bozori ochiladi.
U Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni misol tariqasida keltirdi.
“YeOIIga a’zolik Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tovar ayirboshlash hajmini 20-25 foizga oshirishga imkon berdi”, - dedi u.
Kalashnikov Ittifoqning umumiy texnik reglamenti O‘zbekistonga u yoki bu mahsulotni sotishda yengillik tug‘dirishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Aktam Haitov O‘zbekiston YeOII bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini
ma’lum qilgan edi. Uning fikricha, meva-sabzavotlar, to‘qimachilik-trikotaj mahsulotlarga bo‘lgan barqaror o‘sish sur’atini hisobga olgan holda, ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilish eksportni ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin.