Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Prezident: O‘zbekiston YeOII bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga erishdi

© Sputnik Flagi YeEAS
 Flagi YeEAS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev mamlakat YeOII bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ya olganini aytdi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida qisqa davrda samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga erishdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida mustaqillikning 30-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichda davom ettirilmoqda. Mamlakat 2019-yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to‘la huquqli a’zo bo‘lgan. Bu respublika uchun xalqaro maydonda yangi iqtisodiy, siyosiy va madaniy imkoniyatlar ochib berdi.
“O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida qisqa davrda samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga erishdi”, - dedi prezident.
Davlat rahbari O‘zbekiston bu yil ShHT raisligini qabul qilib olishi va uning kelgusi yili o‘tadigan Sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rilishini aytdi.
Torgovlya Uzbekistana s YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
O‘zbekiston va YeOII: kooperatsion hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yil dekabrida YeOII kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan edi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston unga a’zo.
Yangiliklar lentasi
0