Mirziyoyev MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Ispolkoma– ispolnitelnogo sekretarya SNG Sergeya Lebedeva.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Ispolkoma– ispolnitelnogo sekretarya SNG Sergeya Lebedeva. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sergey Lebedev Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston prezidenti saylovida ishonchli gʻalabaga erishgani bilan samimiy qutladi.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH kuzatuvchilarining mamlakatdagi missiyasiga boshchilik qilayotgan MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv avvalida Lebedev Mirziyoyevni Oʻzbekiston prezidenti saylovida ishonchli gʻalabaga erishgani bilan samimiy qutlab, mamlakat farovonligi va ravnaqini taʼminlash yoʻlidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Oʻzbekistonda saylov qonunchiligi va saylov tartibotlarini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishilgani alohida taʼkidlandi.
Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Lebedev: Oʻzbekistonda prezident saylovlari raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora oʻtdi
MDH doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Prezident Oʻzbekiston Hamdoʻstlik makonida, eng avvalo iqtisodiy yoʻnalishda amaliy hamkorlikni mustahkamlashning qatʼiy tarafdori ekanini taʼkidladi.
Xususan, tashkilotning shu oyda videoanjuman shaklida oʻtkazilgan yubiley sammiti yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Vorisova va Qodirov Mirziyoyevni saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklashdi
Yangiliklar lentasi
0