https://oz.sputniknews.uz/20211025/mirziyoev-generallar-va-ofitserlarga-murojaat-yolladi-21070493.html
Mirziyoyev generallar va ofitserlarga murojaat yo‘lladi
Mirziyoyev generallar va ofitserlarga murojaat yo‘lladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan ofitserlar, generallar, serjant, safdor va faxriylarni tabrikladi 25.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-25T08:58+0500
2021-10-25T08:58+0500
2021-10-25T09:00+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
ichki ishlar organi
o‘zbekistonning yangi prezidenti shavkat mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar
o‘zbekiston fuqaroligi
yangi uylar
yangi o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20856338_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_acb8008283cfc8a4f6f0606ad4fe97ac.jpg
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan IIV xodimlariga yo‘llagan tabrigida Ichki ishlar organlarini "xalqchil tuzilmaga aylantirishga yo‘naltirilgan islohotlar davom ettirilishini" ta’kidladi.Mirziyoyevning qayd etishicha, istiqlolning ilk davrida tashkil topgan ichki ishlar organlari o‘tgan sinovli yillar davomida mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tib, xalqning chinakam tayanchi va himoyachisi sifatida shakllandi.So‘nggi besh yilda ichki ishlar tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari natijadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishda “fuqarobay”, “oilabay” va “mahallabay” ishlar olib borilmoqda.Hududiy bo‘linmalarning tezkorligini oshirish va ularning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash uchun sohaga 2016-2021 yillarda qo‘shimcha 3,5 mingga yaqin yangi transport, 16 mingdan ortiq maxsus va texnik vositalar ajratildi.Mutaxassislar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yilib, xodimlarning malakasiga qarab xizmat bo‘yicha o‘sishini ta’minlash, shuningdek, rahbarlarning professional salohiyatini oshirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, alohida sharoitlarda o‘z vazifalarini bajaruvchi 25 mingdan ortiq xodimlarning oylik maoshlariga ustama haqlar belgilandi. 7 246 nafar xodimlar xizmat uylari bilan ta’minlandi, shuningdek, imtiyozli ipoteka krediti asosida qurilgan ko‘pqavatli uylardan 2 ming 300 ga yaqin xonadonlar ajratildi.Sohaga ilg‘or tajribalar va ish usullarini, innovatsion-raqamli texnologiyalarni keng joriy etish lozim. Xodimlarning intellektual va kasbiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularning mashaqqatli va fidokorona mehnatini munosib qadrlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanishi talab etiladi.O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlarini aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, bu tizimni chin ma’noda xalqchil tuzilmaga aylantirish borasidagi islohotlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi."Men Yangi O‘zbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari – Vatanimizning asl o‘g‘lonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, ma’naviy va ma’rifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin ma’nodagi himoyachilari ekaningizga qat’iy ishonaman. Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman", - deya o‘z tabrigini yakunlagan Mirziyoyev.
https://oz.sputniknews.uz/20210328/ichki-ishlar-organlari-faoliyati-tubdan-ozgaradi-17992415.html
https://oz.sputniknews.uz/20210212/Ichki-ishlar-organlari-faoliyati-tanidiy-talil-ilindi-15991163.html
yangi o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20856338_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_2fa4179e5bade80b62fc2454c7a2008e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, ichki ishlar organi, o‘zbekistonning yangi prezidenti shavkat mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar, o‘zbekiston fuqaroligi, yangi uylar, yangi o‘zbekiston
siyosat, shavkat mirziyoyev, ichki ishlar organi, o‘zbekistonning yangi prezidenti shavkat mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar, o‘zbekiston fuqaroligi, yangi uylar, yangi o‘zbekiston
Mirziyoyev generallar va ofitserlarga murojaat yo‘lladi
08:58 25.10.2021 (yangilandi: 09:00 25.10.2021) O‘zbekiston prezidenti ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan ofitserlar, generallar, serjant, safdor va faxriylarni tabrikladi
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan IIV xodimlariga yo‘llagan tabrigida Ichki ishlar organlarini "xalqchil tuzilmaga aylantirishga yo‘naltirilgan islohotlar davom ettirilishini" ta’kidladi.
Mirziyoyevning qayd etishicha, istiqlolning ilk davrida tashkil topgan ichki ishlar organlari o‘tgan sinovli yillar davomida mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tib, xalqning chinakam tayanchi va himoyachisi sifatida shakllandi.
So‘nggi besh yilda ichki ishlar tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari natijadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati optimallashtirilib, uning tuzilmalari negizida Tezkor-qidiruv, Jamoat xavfsizligi, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash, Jazoni ijro etish, shuningdek, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentlari tashkil etildi.
Har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishda “fuqarobay”, “oilabay” va “mahallabay” ishlar olib borilmoqda.
Hududiy bo‘linmalarning tezkorligini oshirish va ularning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash uchun sohaga 2016-2021 yillarda qo‘shimcha 3,5 mingga yaqin yangi transport, 16 mingdan ortiq maxsus va texnik vositalar ajratildi.
Mutaxassislar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yilib, xodimlarning malakasiga qarab xizmat bo‘yicha o‘sishini ta’minlash, shuningdek, rahbarlarning professional salohiyatini oshirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
O‘tgan besh yil mobaynida 500 dan ortiq ichki ishlar xodimlari va harbiy xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, alohida sharoitlarda o‘z vazifalarini bajaruvchi 25 mingdan ortiq xodimlarning oylik maoshlariga ustama haqlar belgilandi. 7 246 nafar xodimlar xizmat uylari bilan ta’minlandi, shuningdek, imtiyozli ipoteka krediti asosida qurilgan ko‘pqavatli uylardan 2 ming 300 ga yaqin xonadonlar ajratildi.
"Ayni paytda, global dunyodagi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat soha faoliyatini zamon talablariga mos ravishda mutlaqo yangicha usullarda tashkil etishni taqozo etmoqda. Shaxsning huquq va erkinliklari kafolatini kuchaytirish, surishtiruv va tergov faoliyatini adolatli, xolis va haqqoniy olib borish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish, kiberxavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha izchil ish olib borishimiz lozim", - deydi Mirziyoyev.
Sohaga ilg‘or tajribalar va ish usullarini, innovatsion-raqamli texnologiyalarni keng joriy etish lozim. Xodimlarning intellektual va kasbiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularning mashaqqatli va fidokorona mehnatini munosib qadrlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanishi talab etiladi.
O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlarini aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, bu tizimni chin ma’noda xalqchil tuzilmaga aylantirish borasidagi islohotlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.
"Men Yangi O‘zbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari – Vatanimizning asl o‘g‘lonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, ma’naviy va ma’rifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin ma’nodagi himoyachilari ekaningizga qat’iy ishonaman. Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman", - deya o‘z tabrigini yakunlagan Mirziyoyev.