Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 12-fevralya prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev 12-fevralya prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2021
Obuna bo‘lish
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi ishlari tanqidiy muhokama qilindi.
“Huquq-tartibot idoralariga hamma sharoitlarni yaratib, eng zamonaviy texnikalarni olib berdik. Katta vakolat, kuch va vositalar bor. Lekin natija kutilganidek emas. Organlar yakdil bo‘lib, vertikal boshqaruvni to‘g‘ri tashkil eta olmayapti. Ularning ishidan xalqimiz norozi,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligi ta’kidlandi. Bu borada ko‘rilgan dastlabki choralar natijasida o‘tgan yili 4 ming 500 dan ziyod mahallada bironta ham jinoyat bulmagan. Lekin, ko‘p rahbarlar mahallaga tushib ishlamagani, muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, hal qilmagani oqibatida ayrim mahallalarda jinoyatlar oshgani ko‘rsatib o‘tildi.
Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash, profilaktika inspektorining ish yuklamasini yengillashtirib, natijadorligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.
“Qaysi hokim profilaktika inspektorini qabul qilib, gaplashdi? Uning bir kunlik ishini, oilaviy sharoitlarini o‘rgandi? Hamma "kattakon" uchastka noziriga buyruq beradi. U hamma narsa bilan shug‘ullanyapti, ko‘p vaqt yo‘qotapti, asosiy ishi qolib ketapti. O‘zi eng katta mehnatkash - profilaktika inspektori. Agar unga sharoit yaratsak, u davlatdan rozi bo‘lib ishlasa, ko‘p masalalar hal bo‘ladi,” - dedi prezident.
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
O‘zbekiston IIV 2020-yilda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlar sonini ochiqladi
Ichki ishlar idoralarining barcha bo‘g‘inida qog‘ozbozlik va burokratiyani keskin kamaytirib, ish yuritishni raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligida axborot texnologiyalari bo‘yicha alohida vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilgani ma’lum qilindi.
Soha uchun professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, profilaktika inspektorlari va tergovchilarning bilimini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
“Ichki ishlar xodimlari tunu kun, har qanday sharoitda el xizmatida”, - dedi prezident. - Bu pandemiya sharoitida, Buxoro va Sardobadagi og‘ir kunlarda yaqqol ko‘rindi. Boshqa payt ham xavf-xatar doim ularning yonida. Ish haqini belgilashda buni inobatga olish zarur. Shuning uchun, joriy yilda barcha ichki ishlar xodimlari ish haqi 30 foizga, jamoat xavfsizligini ta’minlashga bevosita jalb etilgan, sodda qilib aytganda, mahallada xizmat o‘tovchi xodimlar ish haqi esa 60 foizga oshiriladi.
Yig‘ilishda ayrim tuzilmalar rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ichki ishlar vaziri, huquq-tartibot idoralarining hududiy boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari axborot berdi.
Yangiliklar lentasi
0