Oʻzbekiston fuqarolari saylovlarda yuqori faollik koʻrsatishmoqda – MSK raisi oʻrinbosari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVыborы prezidenta v Uzbekistane
Vыborы prezidenta v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ovoz berish yakunlanishiga sanoqli soatlar qolishiga qadar 70 foizdan koʻproq saylovchilari oʻz ovozlarini berib boʻlishdi
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentligiga ovoz berish jarayoni boʻlib faol tarzda davom etmoqda. Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov bu orada bayonot berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, oʻzbekiston fuqarolari saylovlarda yuqori faollik koʻrsatishmoqda, ayni damga qadar 70 foizdan koʻproq saylovchilar oʻz tanlovlarini amalga oshirishgan.
Aytilishicha, Vladivostok va Kuala-lumpur shahridagi saylov uchastkalari oʻz ishlariga yakun yasab, ovozlarni sanash jarayoniga oʻtishgan. AQShda 19:00 da saylovlar boshlanishi kutilmoqda.
MSK hamda kuzatuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan barcha maʼlumotlarni tahlilini olib borishmoqda, ayni damdagi joylangan videolavhalarni tahlillaridan, tegishli deb topilgan materiallar prokuratura organlariga yuboriladi.
Predsedatel Verxovnogo suda RUz Kamilov Kozimdjan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Komilov: sudlarga saylovdagi qonun buzilishiga oid xabar kelib tushgani yoʻq
Bir inson boshqa qarindoshlariga ham ovoz berish holatlariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

“Biz, har bir oiladan bir nafar fuqaro, oilaning boshqa aʼzolariga ovoz berish amaliyotidan voz kechib, bunday holatlarni oldini olishimiz zarur”, – dedi, MSK raisi oʻrinbosari Baxrom Qoʻchqorov.

Shuningdek, OAVlari vakillaridan saylov uchastkalarini monitoringini olib borilishida yordam soʻraldi.
Eslatib oʻtamiz, saylov jarayonlarining tugashiga sanoqli soatlar qoldi, Toshkent vaqti bilan 20:00 da ovoz berish jarayonlari toʻxtatilib, saylovlar rasman yakuniga yetadi.
17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekiston hududidagi 19 million 859 ming 127 nafar saylovchilardan, 14 million 258 ming 780 nafari (71 foiz) fuqaro oʻz ovozlarini berdi.
Yangiliklar lentasi
0