https://oz.sputniknews.uz/20211024/komilov-sudlarga-saylovdagi-qonun-buzilishiga-oid-xabar-kelib-tushgani-yoq-21060703.html
Komilov: sudlarga saylovdagi qonun buzilishiga oid xabar kelib tushgani yo‘q
Komilov: sudlarga saylovdagi qonun buzilishiga oid xabar kelib tushgani yo‘q
Sputnik O‘zbekiston
Oliy sud raisi sudlariga prezident saylovi biror bir ish kelib tushmaganini ma’lum qildi. 24.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-24T17:18+0500
2021-10-24T17:18+0500
2021-10-24T17:18+0500
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
o‘zbekiston
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21060676_0:162:3067:1887_1920x0_80_0_0_d588b9804b40f8adf0fdf74cacb61262.jpg
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. 24-oktabr soat 15-00 holatiga respublika sudlariga prezident saylovi jarayonlari bilan bog‘liq ommaviy nizolar, ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyat ishlari kelib tushmagan. Bu haqda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Bundan tashqari, 24-iyuldan 14-oktabrga qadar saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashish, qarorlarini ijro etmaslik, nomzodning, ishonchli vakilining, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, yolg‘on ma’lumotlar tarqatish, saylovni moliyalashtirish tartibini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik bilan bog‘liq ishlar sudlarga kelib tushmagan.Ayni paytda saylov oldi tashviqot jarayoni boshlangandan buyon shu kunga qadar saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini buzish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida axborot va tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan qoidabuzarlik uchun biron-bir shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20211024/saylov-jarayoni-umumtan-olingan-xalqaro-qoidalar-asosida-bolib-otmoqda--bosh-prokuror-21059044.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21060676_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_2569f20e05d3d3f6770818dd1b89fba3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, o‘zbekiston, saylovlar, markaziy saylov komissiyasi
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, o‘zbekiston, saylovlar, markaziy saylov komissiyasi
Komilov: sudlarga saylovdagi qonun buzilishiga oid xabar kelib tushgani yo‘q
Oliy sud raisi sudlariga prezident saylovi biror bir ish kelib tushmaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. 24 oktabr soat 15-00 holatiga respublika sudlariga prezident saylovi jarayonlari bilan bog‘liq ommaviy nizolar, ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyat ishlari kelib tushmagan. Bu haqda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
“Fuqarolarning saylash yoki saylanish, saylovoldi targ‘iboti olib borish huquqlarini, ishonchli vakillarni o‘z vakolatlarini erkin amalga oshirishlarida zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq jinoyat ishlari ham sudlarning ish yurituviga kelib tushmaganligini ma’lum qilaman”, - dedi u matbuot anjumanida.
Bundan tashqari, 24-iyuldan 14-oktabrga qadar saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashish, qarorlarini ijro etmaslik, nomzodning, ishonchli vakilining, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, yolg‘on ma’lumotlar tarqatish, saylovni moliyalashtirish tartibini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik bilan bog‘liq ishlar sudlarga kelib tushmagan.
Ayni paytda saylov oldi tashviqot jarayoni boshlangandan buyon shu kunga qadar saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini buzish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida axborot va tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan qoidabuzarlik uchun biron-bir shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilmagan.