MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan prezident sayloviga baho berdi

© SputnikPredsedatel Ispolkoma SNG Sergey Lebedev
Predsedatel Ispolkoma SNG Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sergey Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda prezident saylovi yuqori faollik, ochiq va demokratik tarzda bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda prezident saylovi yuqori faollik, ochiq va demokratik tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha hech qanday qonun buzilishi qayd etilmagan, mahalliy kuzatuvchilardan shikoyat kelib tushmagan.
Lebedev kuzatuvchilar biror bir yerda o‘z ishlarida to‘sqinlikka duch kelishmagani va saylovlar demokratik o‘tayotganiga shubha yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

“Saylovning demokratik ekanligiga shubha yo‘q, chunki 5 nomzod qatnashmoqda, ularning dasturlari yaxshi. Saylovoldi targ‘ibotida qora piar va kompromat urushi bo‘lmadi”, - dedi Lebedev.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, soat 11:00 ga qadar saylovchilarning 6 mln 669 ming 552 nafari yoki 33, 6 foizi ovoz bergan.
O‘zbekiston Saylov kodeksining 96 -moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa saylov o‘tgan hisoblanadi.
Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
O‘zbekistonda prezident saylovi - onlayn
Yangiliklar lentasi
0