O‘zbekiston MSK raisi mamlakat prezident saylovlariga to‘liq tayyorligini e’lon qildi

© Press-slujba SIK RUzPredsedatel SIK Uzbekistana Zayniddin Nizamxodjayev
Predsedatel SIK Uzbekistana Zayniddin Nizamxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov raisi 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari, nafaqat qonun, balki axborot texnologiyalari jihatdan ham yangicha shaklda tashkil etilishini ma’lum qildi
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq, bir qator tadbirlar o‘tkazdi va O‘zbekiston prezident saylovlariga tayyorgarlik ishlarini yakunladi. Bu haqda shanba kuni MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.
Nizomxo‘jayevning qayd etishicha, ertaga, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari, nafaqat qonun, balki axborot texnologiyalari jihatdan ham takomillashtirilgan holda qo‘llash orqali yangicha shaklda tashkil etiladi.
O‘zbekistondagi prezident saylovlarini 20ga yaqin nufuzli xalqaro tashkilotlardan dunyoning 50ga yaqin davlatlaridan kelgan xalqaro kuzatuvchilar, shuningdek, mahalliy va xorijiy yirik OAV vakillari bevosita kuzatib boradilar.
Situatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Niqob va masofa: saylovchilar qanday qoidalarga amal qilishi kerak?
"Ertaga bo‘lib o‘tadigan bo‘lib o‘tadigan saylovda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Konstitutsiyaviy normalar va xalqaro standartlarga muvofiq, davriylik prinsipi asosida saylanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining umume’tirof etilgan xalqaro demokratik saylov tamoyillariga sodiqligining amaldagi yana bir ifodasidir", - dedi MSK raisi.
Nizomxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Markaziy saylov komissiyasi va quyi saylov organlari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak demokratik talablar darajasida o‘tkazish uchun tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlar bajarilgan.
Situatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Saylov uchastkalarida qanday xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda?
O‘zbekistondagi 10 760ta hamda 37ta xorijiy davlatlarda tashkil etilgan 54 ta saylov uchastkalari ovoz berish jarayonlari uchun hozir.
Saylov uchastkalarida ovoz berish saylovchilarning salomatligini muhofaza qilgan holda xavf-xatardan holi, karantin talablariga muvofiq o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0