Niqob va masofa: saylovchilar qanday qoidalarga amal qilishi kerak?

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSituatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana
Situatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Obuna bo‘lish
Saylov uchastkalari sanitar-epidemiologik nuqtayi nazaridan qanday xavfsizlik soralari ko‘rilgani haqida batafsil ma’lumot.
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Ertaga bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga tashrif buyurgan fuqarolar qanday epidemologik xavfizlik qoidalariga amal qilishlari kerak?
Ushbu savolga Sanitariya va epidemologik faravonlik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev javob berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
1.
Ijtimoiy masofani saqlash (kamida 2,0 metr), binolarning kirish qismini vizual 2 metrdan belgilash;
2.
Saylovga tashrif buyurganlar va kuzatuvchilarni, shuningdek, barcha ishtirokchining niqob taqish qoidasiga qat’iy amal qilishi;
3.
Shaxsiy gigiyenaga amal qilish uchun sharoit yaratish: barcha saylov uchastkalarida shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari, yuz niqobi, bir marotabalik qo‘lqop va antiseptiklar bilan ta’minlanadi;
4.
Saylov uchun ajratilgan binolarda muntazam ravishda shamollatish va saylov kunidan oldin dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish;
5.
Saylovchi hamda saylov komissiyasi a’zosi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kamaytirish.
Saylov uchastkalarida karantin tadbirlarining to‘liq bajarilishi uchun bugunga qadar quyidaga tadbirlar amalga oshirilgan:
Respublika bo‘yicha jami 10 ming 800 saylov uchastkalarning barchasida ijtimoiy masofa belgilari chizildi, izolyator xonalari tashkil qilindi va dori vositalari bilan ta’minlandi;
Saylov uchastkalarining 9 ming 925 tasida tibbiy punktlar tashkil etildi, 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi;
Saylov kampaniyasi davrida barcha saylov komissiyalari a’zolari belgilangan reja asosida to‘liq emlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunida tibbiy-sanitariya xizmatini tashkil etish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash Sog‘liqni saqlash vazirligi, xususan, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0