Erdog‘an o‘nta davlat elchilarini Turkiyadan chiqarib yuborishni buyurdi

© REUTERS / UMIT BEKTASPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Obuna bo‘lish
Rajab Toyyib Erdog‘an buyrug‘i bilan o‘nta davlat elchilari "persona non grata", ya’ni "xush ko‘rilmagan shaxslar", deya e’lon qilindi
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an mamlakat tashqi ishlar vazirligiga AQSh, Kanada, Fransiya, Finlyandiya, Daniya, Germaniya, Niderlandlar, Yangi Zelandiya, Norvegiya va Shvetsiya elchilarini xush ko‘rilmagan shaxslar deya e’lon qilishni buyurdi.
"Men tashqi ishlar vazirimizga ushbu 10 nafar elchilar zudlik bilan non grata shaxslari deb e’lon qilinishlari bo‘yicha buyruq berdim", - deb aytgan Erdog‘an Eskishexir shahrida chiqishi vaqtida.
Turkiya yetakchisi chiqishi Twitter namoyish etilgan.
Pri vsex atributax protivovirusnoy oboroni: ucheniya raschetov ZRK S-300 v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
"AQShni o‘zi shunga majbur qildi": Erdog‘an Turkiya nega RFdan S-400larni sotib olgani haqida
O‘nta davlat elchilari ushbu haftada huquq himoyachisi Osman Kavalani ozodlikka chiqarish da’vati bilan chiqqanidan so‘ng, Erdog‘an ushbu da’vatlarga shu tarzda javob qaytargan.
Shundan so‘ng elchilar Turkiya TIV binosiga chaqirtirilib, ularga Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga amal qilish lozimligi eslatib o‘tilgan.
Osman Kavala — huquq himoyachisi va etnik va diniy ozchilik loyihalarini qo‘llab quvvatlaydigan Anadolu Kültür AŞ madaniy fondi asoschisi. Bu loyihalar aksariyat hollarda xalqaro yo‘nalishlarda bo‘ladi — masalan, turk va arman aholisi o‘rtasida yarashuv, qurdlar masalasining tinch yo‘l bilan hal etilishi singari.
2020 yilning fevralida Turkiya sudi uni 2013-yilda Gezi bog‘ida hukumatni to‘ntarish maqsadida o‘tkazilgan norozilik namoyishlariga aloqadorlik bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarda oqlagan edi. Ammo Istanbul prokuraturasi xuddi shu kunning o‘zida uni hibsga olish uchun yangi orderni taqdim etdi - bu safar u Turkiyada 2016-yilning iyulida yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinish harakatlarida gumonlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0