"AQShni o‘zi shunga majbur qildi": Erdog‘an Turkiya nega RFdan S-400larni sotib olgani haqida

Obuna bo‘lish
Tureskiy lider zayavil, chto Tursiya vprave ukreplyat svoyu oboronu, kak yey zablagorassuditsya.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an The New York Times nashriga bergan intervyusida Anqara Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilish to‘g‘risidagi bitimga majburan borgan, sababi, AQSh unga o‘zining havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari - Patriot ni sotishdan voz kechganligi haqida aytib o‘tgan.
"Bu arziygulik bitim bo‘ldi, deb o‘ylayman... Biz o‘z mudofaamizni o‘zimiz ixtiyor etgandek mustahkamlashga haqlimiz", - deya ta’kidlagan Erdog‘an.
Zenitniy raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2020
Turkiya Rossiyadan S-400ning yangi partiyasini xarid qiladi
Bir vaqtning o‘zida turk yetakchisi "mudofaa" va amerikaliklar bilan munosabatlarni "mustahkamlanishini" muhim, deya atagan.
2018 yilning dekabr oyida AQSh Davlat departamenti Turkiyaga Patriot havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari sotish qarorini ma’qullagan edi. Bitim summasi 3,5 milliard dollarni tashkil etdi. Ammo bu vaqtga kelib Turkiya S-400ni yetkazib berish bo‘yicha bitimni imzolashga ulgurgan edi.
AQSh Turkiyadan Patriot foydasiga rossiya tizimlaridan voz kechishni talab qildi va Anqaraga eng yangi F-35 qiruvchilarini sotishdan bosh tortdi. Qo‘shma Shtatlar shuningdek, mudofaa-sanoat majmuasi rahbarlariga qarshi sanksiyalar kiritdi.
S-400 majmualarini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim Turkiya va AQSh munosabatlarida tushunmovchilik yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ayni vaqtda Rossiya va Turkiya o‘rtasida S-400ning ikkinchi partiyasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0