https://oz.sputniknews.uz/20211021/rio-2016-sovrindori-diyorbek-orozboev-doping-sabab-3-yilga-sportdan-chetlatildi-21004696.html
Rio-2016 sovrindori Diyorbek O‘rozboyev doping sabab 3-yilga sportdan chetlatildi
Rio-2016 sovrindori Diyorbek O‘rozboyev doping sabab 3-yilga sportdan chetlatildi
Sputnik O‘zbekiston
Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosida taqiqlangan modda “Meldonium” aniqlangan. 21.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-21T12:12+0500
2021-10-21T12:12+0500
2021-10-21T12:16+0500
sport
dzudo
wada
doping
o‘zbekiston milliy antidoping agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/349/36/3493648_54:0:845:445_1920x0_80_0_0_f8488c0de88145e9d094a80d95a82e86.jpg
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Diyorbek O‘rozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma’lum qilinishicha, 6-may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan.Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan, ya’ni “Meldonium” taqiqlangan moddasi iste’mol qilinganligi aniqlangan.Natijada Diyorbek O‘rozboyev 3-yil muddatga sportdan chetlatilgan. Chetlatish 2021-yil 16-avgustdan 2024-yil 15-avgustga qadar etib belgilandi.Dzudochi xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan.Avvalroq 2021-yilning 9 oyida o‘zbekistonlik sportchilardan 7 nafarida doping aniqlangani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210504/bokschi-bektemir-meliqoziev-tort-yilga-sportdan-chetlatildi-18615041.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/349/36/3493648_153:0:746:445_1920x0_80_0_0_4331021b000055b81f0e921b4a01ef61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, dzudo, wada, doping, o‘zbekiston milliy antidoping agentligi
sport, dzudo, wada, doping, o‘zbekiston milliy antidoping agentligi
Rio-2016 sovrindori Diyorbek O‘rozboyev doping sabab 3-yilga sportdan chetlatildi
12:12 21.10.2021 (yangilandi: 12:16 21.10.2021) Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosida taqiqlangan modda “Meldonium” aniqlangan.
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Diyorbek O‘rozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 6-may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan.
Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan, ya’ni “Meldonium” taqiqlangan moddasi iste’mol qilinganligi aniqlangan.
Natijada Diyorbek O‘rozboyev 3-yil muddatga sportdan chetlatilgan. Chetlatish 2021-yil 16-avgustdan 2024-yil 15-avgustga qadar etib belgilandi.
Dzudochi xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan.
Avvalroq 2021-yilning 9 oyida o‘zbekistonlik sportchilardan 7 nafarida doping aniqlangani
xabar qilingan edi.