Bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev to‘rt yilga sportdan chetlatildi

Boksor Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2021
Obuna bo‘lish
Sportchi 2020-yil 16-fevraldan boshlab 2024-yil 15-fevralga qadar barcha sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev antidoping qoidalarini buzganligi sabab to‘rt yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi (O‘zMADA) xabar qildi.
Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) ma’lumotlariga ko‘ra, sportchi 2020-yil 16-fevraldan boshlab 2024-yil 15-fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, Olimpiya va boshqa turnirlar) ishtirok etish huquqidan mahrum etildi. Shuningdek, uning 2020-yil 16-fevraldan keyingi barcha natijalari va medallari bekor qilindi.
Meliqo‘ziyev professional boksda chiqishlarini davom etishi yoki etmasligi AIBA tegishli qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Boksor Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2021
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi
Agentlik Bektemir Meliqo‘ziyev ilgari 2018-yil 28-fevraldan 2020-yil 27-fevralgacha 2-yilga sportdan chetlatilganini eslatib o‘tgan. O‘shanda undan olingan doping namunada “furosemid” taqiqlangan moddasi aniqlangan.
Sportchi keyingi antidoping qoidalarini dastlabki belgilangan jazo muddati ichida yana ikki marta buzgan. Butunjahon antidoping kodeksiga ko‘ra, bu qoidabuzarlik uchun ikki yillik diskvalifikatsiya jazo ko‘zda tutilgan. Biroq belgilangan muddat ichida sodir etilgan qoidabuzarlik uchun muddat ikki baravar ko‘paytiriladi.
“Shu sababli Meliqo‘ziyevga jami to‘rt yillik diskvalifikatsiya belgilandi”, - deyilgan O‘zMADA xabarida.
Yangiliklar lentasi
0