https://oz.sputniknews.uz/20211021/ozbekiston-xalqi-munosib-rahbarni-tanlashi-tarafdorimiz--mdh-ijroiya-qomitasi-raisi-21009708.html
O‘zbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz – MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi
O‘zbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz – MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lebedev O‘zbekistonda saylov targ‘ibot ishlari faol va tashkillashtirilgan holda olib borilayotganini qayd etdi. 21.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-21T14:26+0500
2021-10-21T14:26+0500
2021-10-21T14:29+0500
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
o‘zbekiston
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
sergey lebedev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21006182_0:188:2001:1313_1920x0_80_0_0_fdd8912d056a853130faf12bb8238f7d.jpg
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekistondagi prezident saylovi nafaqat mamlakat, balki butun MDH uchun juda muhim. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— ijrochi kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilar O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida saylovning qanday o‘tishini kuzatmoqchi. Missiya vakillari allaqachon ayrim tumanlarda bo‘lib, uchastkalardagi vaziyatni o‘rgangan.U O‘zbekiston qardosh mamlakat ekanini ta’kidladi. Shu bois MDH mamlakatlari uchun respublikadagi siyosiy vaziyat qanday borayotgani baribir emas.Lebedev O‘zbekiston Saylov kodeksi har saylovlarda takomillashib borayotganini qayd etdi.MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining ta’kidlashicha, uzoq xorijiy mamlakatlarda saylovni qanday o‘tkazish kerakligi borasida saboq berishni juda yaxshi ko‘rishadi. AQShda bo‘lib o‘tgan oxirgi saylov ular boshqalarga dars berishga haqqi yo‘q ekanini ko‘rsatgan.“Biz saylovni O‘zbekistonda ham, barcha MDH mamlakatlarida ham o‘zimizning ichki qonunchiligimizga binoan o‘tkazamiz. Ular aniq bir mamlakat va uning aholisi manfaatlariga javob beradi”, - dedi u.Lebedev O‘zbekistonda saylov targ‘ibot ishlari faol va tashkillashtirilgan holda olib borilayotganini urg‘uladi. Saylov uchastkalari va kommissiya ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Nomzodlar esa saylovchilari bilan uchrashib, o‘z dasturlari bilan tanishtirishmoqda.Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20211020/toshkent-shahridagi-saylovchilar-soni-malum-boldi-20986929.html
https://oz.sputniknews.uz/20211007/prezident-saylovi-nomzodlar-nima-taklif-qilmoqda-20813348.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21006182_0:1:2001:1501_1920x0_80_0_0_40b865e6dc00b1e0fedd783de5403868.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, o‘zbekiston, saylovlar, markaziy saylov komissiyasi , sergey lebedev
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, o‘zbekiston, saylovlar, markaziy saylov komissiyasi , sergey lebedev
O‘zbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz – MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi
14:26 21.10.2021 (yangilandi: 14:29 21.10.2021) Sergey Lebedev O‘zbekistonda saylov targ‘ibot ishlari faol va tashkillashtirilgan holda olib borilayotganini qayd etdi.
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekistondagi prezident saylovi nafaqat mamlakat, balki butun MDH uchun juda muhim. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— ijrochi kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda
Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilar O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida saylovning qanday o‘tishini kuzatmoqchi. Missiya vakillari allaqachon ayrim tumanlarda bo‘lib, uchastkalardagi vaziyatni o‘rgangan.
U O‘zbekiston qardosh mamlakat ekanini ta’kidladi. Shu bois MDH mamlakatlari uchun respublikadagi siyosiy vaziyat qanday borayotgani baribir emas.
“Biz hammamiz saylovning yuqori saviyada o‘tib, O‘zbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz”, - dedi Sergey Lebedev.
Lebedev O‘zbekiston Saylov kodeksi har saylovlarda takomillashib borayotganini qayd etdi.
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining ta’kidlashicha, uzoq xorijiy mamlakatlarda saylovni qanday o‘tkazish kerakligi borasida saboq berishni juda yaxshi ko‘rishadi. AQShda bo‘lib o‘tgan oxirgi saylov ular boshqalarga dars berishga haqqi yo‘q ekanini ko‘rsatgan.
“Biz saylovni O‘zbekistonda ham, barcha MDH mamlakatlarida ham o‘zimizning ichki qonunchiligimizga binoan o‘tkazamiz. Ular aniq bir mamlakat va uning aholisi manfaatlariga javob beradi”, - dedi u.
Lebedev O‘zbekistonda saylov targ‘ibot ishlari faol va tashkillashtirilgan holda olib borilayotganini urg‘uladi. Saylov uchastkalari va kommissiya ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Nomzodlar esa saylovchilari bilan uchrashib, o‘z dasturlari bilan tanishtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida
ro‘yxatga olingan.