● Vazifa — 5-yilda YaIM miqdorini 1,6 baravar oshirib, kambag‘allikni kamida 2 baravar kamaytirish, 2030-yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollarga yetkazish
⠀
● Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, 2023-yil oxiriga qadar inflyatsiya miqdorini 5%gacha kamaytirish, davlat qarzini YaIMning 50−60%idan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik
● 2022 yidan boshlab tuman budjetining kamida 5%ini mahalliy aholi takliflari asosida ularning dolzarb muammolarini hal qilishga yo‘naltirish
● YaIMda xususiy sektor ulushini 80%ga, eksportda 60%ga yetkazish
● Energetika bozori va bank sektorini erkinlashtirish, «yashil” iqtisodiyot o‘sishiga sharoit yaratish
● 2023-yildan boshlab QQS miqdorini 15%dan 12%ga tushirish, 2022-yildan boshlab korxonalar mulki solig‘ini 2%dan 1,5%gacha
● Turli sohalarda monopoliyalar faoliyatini cheklash, jumdan yo‘l qurilishi, issiqlik ta’minoti va obodonlashtirish sohalarida ham
● Jamiyatda ayollar mavqeyini oshirish, ayollar orasida ishsizlikni kamaytirishga alohida e’tibor berish
● Kambag‘allikka qarshi kurash, kam ta’minlangan fuqarolar bilan ishlash, bepul tibbiy xizmatlar
● Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohada davlat boshqaruv rolini kamaytirish, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, yaylovlarni tiklash
● Maktabgacha ta’lim bilan 80%, oliy ta’lim bilan 50% aholini qamrab olish
● Tibbiyotni moliyalashni ikki baravar oshirish, xususiy tibbiyot ulushini 25%ga yetkazish
● Hududiy va mahalliy infratuzilmani rivojlantirish: shaharlarda 19 mln m2 zamonaviy uylar qurish, yashil hududlarni kengaytirish
● Mahalla huquq va vakolatlarini kuchaytirish, partiyalar rolini oshirish, davlat xizmatchilarini konkurs asosida tanlab olish
● Xususiy notijorat tashiklotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ikki baravar oshirish
● Qonunchilikni erkinlashtirish: 10ta harakatni jinoiy javobgarliklar ro‘yxatidan chiqarish, yumshatuvchi holatlar sonini 10tadan 15tagacha oshirish
● Davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulki deklaratsiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish
● Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish
● JSTga a’zo bo‘lish, YeOIIga integratsiyani chuqurlashtirish, boshqa hamkor davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish