https://oz.sputniknews.uz/20211021/jirinovskiy-uchinchi-jahon-urushini-uning-80-yillik-yubileyigacha-boshlamay-turishni-soradi-21004981.html
Jirinovskiy uchinchi jahon urushini uning 80-yillik yubileyigacha boshlamay turishni so‘radi
Jirinovskiy uchinchi jahon urushini uning 80-yillik yubileyigacha boshlamay turishni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy uchinchi jahon urushi boshlanishi sanasini 2027-yilgacha qoldirishlarini so‘radi 21.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-21T12:35+0500
2021-10-21T12:35+0500
2023-04-05T18:34+0500
dunyoda
ukraina
jirinovskiy
nato
kiyev
donbass
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/340/70/3407042_0:134:3165:1914_1920x0_80_0_0_60c786d3eac4aba0b8c3226899d2ad48.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. NATO va Ukrainaning hamkorlikdagi mashg‘ulotlari "haqiqiy urushga" tayyorgarlikdan boshqa narsamas, deb bayonot qildi "Rossiya 1" telekanali efirida LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.Siyosatchi fikriga ko‘ra, keng ko‘lamli mojaro 2027-yilda boshlanishi mumkin: Rossiya chegaralariga sekin-asta qo‘shinlar tortilmoqda, go‘yo Kiyevga "yordam" ostida esa qurol-yarog‘larni jamlash jarayoni amalga oshirilmoqda."Men o‘zimning 80-yillik yubileyimni xotirjam kutib olmoqchiman. 2026-yilda 80 yoshga to‘laman, keyin esa - marhamat, 85 yoshga to‘lgunimcha bemalol boshlayvering", — deydi Jirinovskiy.Siyosatchi shuningdek, Ukrainada qachonlardir ko‘plab qurol-aslaha saqlangani, bu zaxira uchinchi jahon urushiga ham yetgan bo‘lishini aytib o‘tadi. Oqibatda esa, qurol-aslahalar "talon-taroj qilingan, sotib yuborilgan, tarqatib yuborilgan".Sal avval Ukraina Mudofaa vaziri Andrey Taran mamlakatda YeI harbiy-o‘quv mashg‘ulotlar missiyasi 2021-yil yakuniga qadar bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bunga javoban Moskva Kiyev va Brusselni bunday o‘ylanmagan rejalardan voz kechishga chaqirishini qayd etdi. Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, bu kabi harakatlar Donbassda ziddiyatni kuchaytirishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210420/nato-josuslari-rossiya-chegaralari-yaqinida-ularga-kamchatka-va-donbass-nima-uchun-kerak-18411016.html
ukraina
kiyev
donbass
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/340/70/3407042_217:0:2948:2048_1920x0_80_0_0_f8608c9a20580f21b11d1eef9dbbcd2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, jirinovskiy, nato, kiyev, donbass, rossiya
dunyoda, ukraina, jirinovskiy, nato, kiyev, donbass, rossiya
Jirinovskiy uchinchi jahon urushini uning 80-yillik yubileyigacha boshlamay turishni so‘radi
12:35 21.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Jirinovskiy uchinchi jahon urushi boshlanishi sanasini 2027-yilgacha qoldirishlarini so‘radi
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. NATO va Ukrainaning hamkorlikdagi mashg‘ulotlari "haqiqiy urushga" tayyorgarlikdan boshqa narsamas, deb bayonot qildi "Rossiya 1" telekanali efirida LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.
Siyosatchi fikriga ko‘ra, keng ko‘lamli mojaro 2027-yilda boshlanishi mumkin: Rossiya chegaralariga sekin-asta qo‘shinlar tortilmoqda, go‘yo Kiyevga "yordam" ostida esa qurol-yarog‘larni jamlash jarayoni amalga oshirilmoqda.
"Men o‘zimning 80-yillik yubileyimni xotirjam kutib olmoqchiman. 2026-yilda 80 yoshga to‘laman, keyin esa - marhamat, 85 yoshga to‘lgunimcha bemalol boshlayvering", — deydi Jirinovskiy.
Siyosatchi shuningdek, Ukrainada qachonlardir ko‘plab qurol-aslaha saqlangani, bu zaxira uchinchi jahon urushiga ham yetgan bo‘lishini aytib o‘tadi. Oqibatda esa, qurol-aslahalar "talon-taroj qilingan, sotib yuborilgan, tarqatib yuborilgan".
Sal avval Ukraina Mudofaa vaziri Andrey Taran mamlakatda YeI harbiy-o‘quv mashg‘ulotlar missiyasi 2021-yil yakuniga qadar bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bunga javoban Moskva Kiyev va Brusselni bunday o‘ylanmagan rejalardan voz kechishga chaqirishini qayd etdi. Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, bu kabi harakatlar Donbassda ziddiyatni kuchaytirishi mumkin.