Barmoq izlari tufayli 9-yil oldin sodir etilgan vahshiyona qotillik fosh etildi

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaV Kashkadarye raskrito ubiystvo devatiletney davnosti
V Kashkadarye raskrito ubiystvo devatiletney davnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
Obuna bo‘lish
To‘qqiz yil avval qashqadaryolik erkak uyidan shaxsiy avtomashinada chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan.
TOShKENT, 21 okt - Sputnik. To‘qqiz yil oldin sodir etilgan mudhish qotillik fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Aniqlanishicha, to‘qqiz yil avval, 2012-yilda qashqadaryolik T.G‘. o‘ziga tegishli avtomashinada uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Erkak boshqaruvidagi avtomashina Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarning orqa tomonidan topilgan va holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
© Generalnaya prokuratura UzbekistanaV Kashkadarye raskrito ubiystvo devatiletney davnosti
V Kashkadarye raskrito ubiystvo devatiletney davnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
V Kashkadarye raskrito ubiystvo devatiletney davnosti
Bedarak yo‘qolgan erkakning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda avtomashinaning turli joylaridan jami 14 dona barmoq, kaft izlari olingan.
Severniy Tashkentskiy kanal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Namanganda kanaldan maktab o‘quvchisining jasadi topildi: u qotillik qurboni bo‘lishi mumkin
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida o‘ta o‘g‘ir jinoyat fosh etildi.
Tergovda aniqlanishicha, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yo‘qolgan erkakni qasddan o‘ldirib, uning jasadini Chiroqchi tumani "Sho‘rbozor" mahallasi hududida joylashgan zahiradagi dala maydonida ko‘mib, avtomashinasini esa Samarqand shahriga tashlab ketishgan.
M.O., T.A. va D.S.larning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan 3 nafar shaxslarga JKning 97-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0