https://oz.sputniknews.uz/20210412/namanganda-kanaldan-maktab-oquvchisining-jasadi-topildi-u-qotillik-qurboni-bolishi-mumkin-18280767.html
Namanganda kanaldan maktab o‘quvchisining jasadi topildi: u qotillik qurboni bo‘lishi mumkin
Namanganda kanaldan maktab o‘quvchisining jasadi topildi: u qotillik qurboni bo‘lishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Namangan viloyatida kanaldan bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qizning jasadi topildi.
2021-04-12T13:35+0500
2021-04-12T13:35+0500
2021-04-12T13:47+0500
hodisalar
qotillik
namangan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1410/27/14102745_0:0:2592:1458_1920x0_80_0_0_ee325bf6f12d8482e5a1716cc4fd2dfc.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Namangan viloyatida kanaldan bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qizning jasadi topildi.Namangan viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 5-aprel kuni fuqaro S.M. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Chortoq tumanida uning onasi qaramog‘ida bo‘lgan qizi M.A. maktabga ketib, bedarak yo‘qolganligini bildirgan.Tuman prokuraturasi marhuma o‘quvchi qizning yashash xonadonini ko‘zdan kechirgan va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan.U qotillik qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib, JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochilgan.Tezkor-qidiruv natijasida 6-aprel kuni voyaga yetmagan M.A.ning jasadi tashqi tan jarohatlarsiz Katta Namangan kanali ustidan o‘tgan ko‘prik ostidan topilgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uni 5-aprel kuni soat 10:30 da yigirma ikki yoshli kelinoyisi F.Q. maktabdan olib chiqib ketgan. Keyin o‘sha kanalga olib borib, suvga itarib yuborgan.F.Q. hozirda ushlangan va jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210207/ashadarda-zovurdan-bir-fuaroning-zhasadi-topildi-15953696.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1410/27/14102745_0:0:2592:1944_1920x0_80_0_0_7f6685be18859556c44381e64cd5adcd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , qotillik, namangan
hodisalar , qotillik, namangan
Namanganda kanaldan maktab o‘quvchisining jasadi topildi: u qotillik qurboni bo‘lishi mumkin
13:35 12.04.2021 (yangilandi: 13:47 12.04.2021) Namangan shahrida voyaga yetmagan qizning o‘limida uning kelinoyisi gumon qilinmoqda.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Namangan viloyatida kanaldan bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qizning jasadi topildi.
Namangan viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining
ma’lum qilishicha, 5-aprel kuni fuqaro S.M. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Chortoq tumanida uning onasi qaramog‘ida bo‘lgan qizi M.A. maktabga ketib, bedarak yo‘qolganligini bildirgan.
Tuman prokuraturasi marhuma o‘quvchi qizning yashash xonadonini ko‘zdan kechirgan va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan.
U qotillik qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib, JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Tezkor-qidiruv natijasida 6-aprel kuni voyaga yetmagan M.A.ning jasadi tashqi tan jarohatlarsiz Katta Namangan kanali ustidan o‘tgan ko‘prik ostidan topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uni 5-aprel kuni soat 10:30 da yigirma ikki yoshli kelinoyisi F.Q. maktabdan olib chiqib ketgan. Keyin o‘sha kanalga olib borib, suvga itarib yuborgan.
F.Q. hozirda ushlangan va jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.