Migrantlarga beriladigan ID-kartalarda qanday ma’lumotlar saqlanadi?

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti.
Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
ID-kartalar Rossiyada davlat xizmatlari va boshqa servislardan foydalanishni, shuningdek, xorijlik fuqaroning RF hududida bo‘lishi qonuniy ekanini aniqlash jarayonini osonlashtiradi.
TOShKENT 20 okt - Sputnik. Rossiya IIV migratsiya masalalari Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kirill Adzinovning ma’lum qilishicha, xorijliklar uchun mo‘ljallangan yagona hujjatga fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari saqlanadigan chip joylashtiriladi.
Migrantning ID-kartasiga, shuningdek, biometrik ma’lumotlar, xorijlik fuqaroning maqomi, vizasi va viza muddatlari haqidagi axborotlar ham kiritiladi.
Uborka pshenisi na polyax, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
O‘zbekistonlik migrantlarni Rossiya qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilishmoqchi
Adzinovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik tomonidan migratsiya sohasiga oid taklif qilinayotgan qonun loyihasi Rossiyadagi xorijlik fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan yagona hujjat joriy etilishini nazarda tutadi.
“Mazkur hujjatga shaxsiy ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar, huquqiy maqom, berilgan viza va uning muddatlari va h.k.z. haqidagi ma’lumotlar saqlanadigan elektron tashuvchi (chip) o‘rnatiladi”, - dedi Adzinov tibbiy va salomatlik turizmiga bag‘ishlangan xalqaro anjumandagi nutqida.
IIV Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi xodimining fikricha, bunday ID-kartalarning joriy etilishi Rossiyada davlat xizmatlari va boshqa servislardan foydalanishni, shuningdek, xorijlik fuqaroning RF hududida bo‘lishi qonuniy ekanini aniqlash jarayonini osonlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0