O‘zbekistonlik migrantlarni Rossiya qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilishmoqchi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishUborka pshenisi na polyax, arxivnoe foto
Uborka pshenisi na polyax, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
Migrantlarni jalb qilmoqchi bo‘lgan kompaniyalar O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan shartnoma tuzishlari kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘zbekistonlik migrantlarni qishloq xo‘jaligidagi ishlarlarga jalb qilishni rejalashtirmoqda, deya yozadi “Kommersant’” gazetasi.
“Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligidagi ishchilar yetishmasligi muammosi yechimini topdi. Ishchilarni qurilish sohasi uchun ishlab chiqilgan pilot loyiha doirasida O‘zbekistondan olib kelish rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Nashrga agrosanoat korxonalarining bunday sinovda ishtirok etishi ehtimoli haqida 19-oktabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziriligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish qatnashchilari ma’lum qilishgan.
Qayd etilishicha, migrantlarni jalb qilmoqchi bo‘lgan kompaniyalar O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan shartnoma tuzishlari kerak bo‘ladi. Keyin saralab olinadigan ishchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanadi.
Rabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2021
Migrantlar uchun jozibador bo‘lishni istasak, ularga munosib maosh to‘lashimiz kerak – Katirin
Xarajatlar ish beruvchilar tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, kompaniyalar ishchilarning yo‘l va patent xarajatlarini zimmasiga olishi kerak. Bir ishchini jalb qilish 45-50 ming rublga tushishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida o‘n ming fuqaroni yaqin a O‘zbekistondan Rossiyadagi qurishilish ishlariga jalb qilishga kelishilgan edi. Ularni O‘zbekiston hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga kelgan.
Yangiliklar lentasi
0