Turkiyalik xaker Tramp saytiga hujum uyushtirdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Xaker Trampning saytiga hujum uyushtirib, Erdog‘an ishtirokidagi videoni joylashtirgan
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Kelib chiqishi Turkiyalik deb taxmin qilingan xaker AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning saytiga hujum uyushtirib, Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdog‘an ishitrokidagi videoni joylashtirgan.
Bu haqda VICE' jurnaliga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
VICE' tahririyatiga ko‘ra, hujum Trampning harakatga chorlovchi – petitsiyalar yoki savol-javoblarga imzo chekish uchun foydalanadigan veb-saytning pastki domeniga ta’sir qilgan.
"Allohni unutganlarga o‘xshagan bo‘lmanglar. U Zot ularga o‘zlarini unuttirdi. Ular manfurlar", – deb qoldirilgan saytda ingliz va turk tillarida, bu Qur’on suralaridan biridir.
 Bivshiy prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Ashraf G‘ani Facebook᾽dagi sahifasiga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi
Shuningdek, hujumni RootAyyildiz xakeri amalga oshirgan degan ma’lumot ham bor. U Youtube videoxostingidan Turkiya prezidenti ishtirokidagi millatchilik ruhidagi bo‘lgan videoni yuklagan.
Xaker VICE’ga ma’lum qilishicha, saytni buzishda SSTI usulini qo‘llagan. RootAyyildiz so‘zlariga ko‘ra, veb-sahifaning bu qismi uning nazoratida uch oy davomida bo‘lganligini bildirib o‘tgan.
"Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab akkauntlarga yoki bo‘lmasam veb-saytlarga xakerlik hujumlarini amalga oshirish mumkin. Men xaker-faoliman, anchadan buyon veb-saytlar bilan shug‘ullanaman va men haqimda ovozalar chiqishini ta’minlayman", – deydi xaker.
VICE nashriga ko‘ra, bunday xakerlik hujumlarni unchalik tajribali bo‘lmagan insonlar amalga oshirishadi, lekin ular saytning kontentini o‘zgartirib yuborishlari mumkin. Avvallari ham RootAyyildiz bunday hujumlarni amalga oshirgani taxmin qilinmoqda.
Trampning vakillari bu hodisaga izoh berish iltimosga nashrga javob qaytarishmagan.
Yangiliklar lentasi
0