"Tolibon"* Putin bayonotiga javob qaytardi

© AFP 2023 / JAVED TANVEERBoyeviki "Talibana"
Boyeviki Talibana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Toliblarning ta’kidiga ko‘ra, "ID"* terrorchilari Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga o‘ta olmaydi
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati ishtirokchilari Rossiya prezidentining "ID"* terrorchilari Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga kirib kelishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi.
Jangarilar vakili Bilol Karimiy bunday harakatlar ro‘y berishi mumkin emasligiga ishora qildi.
"Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga yetib kelish juda qiyin. "Islom davlati"* terrorchilari bu borada ilgarilab ketishlari amrimahol", - deb qayd etdi toliblar matbuot-kotibi o‘rinbosari.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii foruma Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Putin: terrorchilar Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga yoyilishni boshlashi mumkin
U toliblar respublika hududida "ID"* faoliyati kengayishiga yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor ta’kidladi.
Putin ilgariroq MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvi chog‘ida Afg‘onistondagi murakkab vaziyatdan tashvishda ekanini bildirgandi. RF yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qator xalqaro terrorchilar uyushmalari faoliyat ko‘rsatishda davom etmoqda.
Rossiya prezidenti "Islom davlati" jangarilari Iroq va Suriyadan Afg‘onistonga kela boshlaganini qayd etgandi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston shimolida "ID" jangarilari soni ikki mingga yaqin, ular bevosita ekspansiyadan oldinroq hatto Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarda vaziyatni izdan chiqarishga urinishlari mumkin.
Terrorchilar yetakchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya regionlariga o‘z ta’sirlarini keng yoyish rejasida, degan edi Putin.
* - RF va boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchi uyushma.
Yangiliklar lentasi
0