Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori keskin kamaytirilmoqda

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5 ta moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar miqdori huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda.
Xususan, muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.
Shuningdek, transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda. Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda.
Shuningdek, taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda.
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Jarima kamaytiriladi: haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0