Jarima kamaytiriladi: haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasiga ko‘ra transport vositalaridan foydalanishdagi qoidabuzarlik choralari va bir qator qonun hujjatlarini yengillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Ular orasida jarima miqdorining kamayganligi hamda qo‘shimcha hujjatlarning talab etilmasligi kabi bir qator yangiliklar joriy etilishi rejalashtirilgan.
Radar na doroge v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
“Radarlar noqonuniy jarima yozmoqda” – deputatlar IIVga murojaat qilishdi
“So‘ngi vaqtlarda ishlab chiqarilayotgan ko‘plab avtomobillar monitorlar hamda Bluetooth garnituralari bilan jihozlangan hamda haydovchilarga bir qancha qulayliklar yaratilgan holda ishlab chiqarilmoqda. Amaldagi qonunlarda ham haydovchilarning qulayligi e’tiborga olinishi lozim”,- deydi Adliya vazirligi maslahatchisi Xalil Xalilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra Qonun loyihasida mobil telefondan qo‘lni band qilmagan holda foydalanishga ruxsat berilishi, monitorlardan avtomobil harakatlanayotgan paytda zarurat bo‘lganda foydalanish, ammo turli klip va filmlar ko‘rish taqiqlanadi.
Hujjatda aytilishicha agar haydovchilarning yonida O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID kartalari bo‘lsa, ulardan haydovchilik guvohnomalari, avtomobilning texnik hujjatlari, sug‘urta polislarini talab etish mumkin emas.
Loyihaga ko‘ra Ma’muriy javobgarlik kodeksining jami 5 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, ayniqsa sug‘urta polisi muddati o‘tganligi bo‘yicha jarima miqdorlari keskin kamaytirilishi ko‘zda tutilgan.
2021 yil 1-dekabriga qadar Ichki ishlar vazirligi tomonidan loyixa integratsiya ishlari yakunlanib mazkur yangilik amaliyotga joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0