https://oz.sputniknews.uz/20211015/termizga-bmtning-afgoniston-uchun-komagi-ortilgan-birinchi-bort-etib-keldi-20920359.html
Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ko‘magi ortilgan birinchi bort yetib keldi
Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ko‘magi ortilgan birinchi bort yetib keldi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi ehtiyoj mollari ortilgan yuklar Afg‘onistonning Mozori-Sharif provinsiyasiga yetkaziladi 15.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-15T12:11+0500
2021-10-15T12:11+0500
2021-10-15T12:50+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20154410_0:255:2737:1794_1920x0_80_0_0_a4c4b77b0a611e7d0bb219dc384ebd02.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordami ortilgan birinchi borti juma kuni O‘zbekistonning Termiz shahriga yetib keldi.Yuk ortilgan Il-76 samolyoti Termiz aeroportiga 11.20da kelib qo‘ndi, deb xabar qildi RIA Novostiga aeroport xodimi.Birinchi galdagi zarurat buyumlaridan iborat yuk Termizdagi logistika markazidan "Termiz-Hayraton" chegara punkti orqali Afg‘onistonning Mazori-Sharifiga yetkazib berilishi kutilmoqda.Sal avval BMT axborot-xizmati yaqin kunlarda BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi Afg‘onistonga Termiz orqali insonparvarlik yordami ortilgan uchta samolyotni yuborishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.Termez Cargo Centre logistika markazi rahbari Nodirbek Jalilovga ko‘ra, BMTning Dubaydagi logistika markazidan yuklar 15-17 oktabr kunlari yetkazilishi rejalashtirilgan.Jalilovning aytishicha, oktabr oyi boshidan Termizga temir yo‘l orqali BMTning World Food Programme dasturi orqali yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 40ta vagon yetib kelgan.Toliblar tomonidan Afg‘onistonda hukumatning bosib olinishiAvgust oyining o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Qobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Qobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20211015/shht-maxsus-xizmatlari-afgonistondagi-vaziyat-fonida-aloqalarni-faollashtirmoqda-20918956.html
https://oz.sputniknews.uz/20211014/termizda-ozbekiston-va-toliblar-hukumatlari-muzokaralari-bolib-otadi-20909250.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20154410_2:0:2733:2048_1920x0_80_0_0_7f3f15d94a3219b41268be15f460d833.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ko‘magi ortilgan birinchi bort yetib keldi
12:11 15.10.2021 (yangilandi: 12:50 15.10.2021) Birinchi ehtiyoj mollari ortilgan yuklar Afg‘onistonning Mozori-Sharif provinsiyasiga yetkaziladi
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordami ortilgan birinchi borti juma kuni O‘zbekistonning Termiz shahriga yetib keldi.
Yuk ortilgan Il-76 samolyoti Termiz aeroportiga 11.20da kelib qo‘ndi, deb xabar qildi RIA Novostiga aeroport xodimi.
Birinchi galdagi zarurat buyumlaridan iborat yuk Termizdagi logistika markazidan "Termiz-Hayraton" chegara punkti orqali Afg‘onistonning Mazori-Sharifiga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Sal avval BMT axborot-xizmati yaqin kunlarda BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi Afg‘onistonga Termiz orqali insonparvarlik yordami ortilgan uchta samolyotni yuborishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.
Termez Cargo Centre logistika markazi rahbari Nodirbek Jalilovga ko‘ra, BMTning Dubaydagi logistika markazidan yuklar 15-17 oktabr kunlari yetkazilishi rejalashtirilgan.
Jalilovning aytishicha, oktabr oyi boshidan Termizga temir yo‘l orqali BMTning World Food Programme dasturi orqali yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 40ta vagon yetib kelgan.
Toliblar tomonidan Afg‘onistonda hukumatning bosib olinishi
Avgust oyining o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Qobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Qobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.