https://oz.sputniknews.uz/20211015/qodirov-migrantlardan-soliq-undirish-taklif-qildi-soliq-qomitasi-izoh-berdi-20923275.html
"Asos yo‘q": DSQ Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi bo‘yicha javob berdi
"Asos yo‘q": DSQ Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi bo‘yicha javob berdi
Sputnik O‘zbekiston
Soliq qo‘mitasi Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi yuzasidan izoh berdi. 15.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-15T14:25+0500
2021-10-15T14:25+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
migrantlar
davlat soliq qo‘mitasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20922083_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_1a4fba211f78f645b012d50c9e1a3adb.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi Alisher Qodirovning o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun daromad solig‘ini joriy etish haqidagi taklifi yuzasidan izoh berdi.Qo‘mita vakillari “bu tashabbusni amalga oshirish uchun hech qanday asos yo‘q”, deb aytishdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.Avvalroq, O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov chet elda ishlayotgan vatandoshlar uchun daromad solig‘ini joriy etishni taklif qilgandi."Mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning o‘rni juda muhim. Nima uchun bizda migrantlar xorijda ishlab topgan daromadidan soliq to‘lamasligi kerak? O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun, kelinglar, soliq to‘laylik", — deydi Qodirov."Biz hozir pul aylanmasini faqatgina migrantlarning ishlayotgan joyidan oilasiga jo‘natgan puli bo‘yicha hisob-kitob qilib, shuncha pul aylanyapti deyapmiz. Bu ham yaxshi, albatta. Lekin u sizning oilangizga jo‘natilgan pul. Undan soliq to‘lanayotgani yo‘q, u mamlakatning taraqqiyoti uchun ishlatilmayapti. Shuning uchun men yanayam vatanparvarroq bo‘lishni taklif qilgan bo‘lardim, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin", — deydi u.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida uzoq vaqtdan beri ikki tomonlama soliqqa tortishni istisno qilish to‘g‘risidagi bir qancha shartnomalar amal qilmoqda.Bundan tashqari, mamlakatlar chet elga chiqayotgan fuqarolar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadida bu sohada hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Masalan, migrantlar ishga joylashish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya miqdori ko‘paytiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211015/ozbekiston-mehnat-migrantlariga-qulayliklar-yaratmoqda-20918116.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20922083_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_f692228307dbe80b644b95596b9f1f76.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, migrantlar, davlat soliq qo‘mitasi, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, migrantlar, davlat soliq qo‘mitasi, rossiya
"Asos yo‘q": DSQ Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi bo‘yicha javob berdi
14:25 15.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Soliq qo‘mitasi Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi yuzasidan izoh berdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi Alisher Qodirovning o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun daromad solig‘ini joriy etish haqidagi taklifi yuzasidan izoh berdi.
Qo‘mita vakillari “bu tashabbusni amalga oshirish uchun hech qanday asos yo‘q”, deb aytishdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.
"Migrantlar uchun daromad solig‘i O‘zbekiston soliq qonunchiligida yozilmagan. Hozirda bunday taklif yoki niyat yo‘q", - dedi DSQ matbuot kotibi Muzaffar Nazarov.
Avvalroq, O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov chet elda ishlayotgan vatandoshlar uchun daromad solig‘ini joriy etishni taklif qilgandi.
"Mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning o‘rni juda muhim. Nima uchun bizda migrantlar xorijda ishlab topgan daromadidan soliq to‘lamasligi kerak? O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun, kelinglar, soliq to‘laylik", — deydi Qodirov.
"Biz hozir pul aylanmasini faqatgina migrantlarning ishlayotgan joyidan oilasiga jo‘natgan puli bo‘yicha hisob-kitob qilib, shuncha pul aylanyapti deyapmiz. Bu ham yaxshi, albatta. Lekin u sizning oilangizga jo‘natilgan pul. Undan soliq to‘lanayotgani yo‘q, u mamlakatning taraqqiyoti uchun ishlatilmayapti. Shuning uchun men yanayam vatanparvarroq bo‘lishni taklif qilgan bo‘lardim, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin", — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida uzoq vaqtdan beri ikki tomonlama soliqqa tortishni istisno qilish to‘g‘risidagi bir qancha shartnomalar amal qilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatlar chet elga chiqayotgan fuqarolar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadida bu sohada hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Masalan, migrantlar ishga joylashish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya miqdori ko‘paytiriladi.