O‘zbekiston mehnat migrantlariga qulayliklar yaratmoqda

© Agentstvo po vneshney trudovoy migratsii.Trudovie migranti iz Uzbekistana v Koree
Trudovie migranti iz Uzbekistana v Koree - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Obuna bo‘lish
Yil boshidan beri tashkiliy tartibda ishga joylashtirilgan 70 mingdan ortiq fuqarolarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi – 63 480 nafar.
TOShKENT 15 okt - Sputnik. Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish maqsadida 18 ta davlat bilan hukumatlararo bitim imzolash ishlari olib borildi.
Ish beruvchi agentliklar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida O‘zbekiston bozori uchun 72 mingdan ortiq ish joylari aniqlangan. Bugungi kunda respublika fuqarolari Rossiya, Koreya, Germaniya, Kanada, Latviya, Niderlandiya, Chexiya va boshqa mamlakatlarga ishga yuborilmoqda.
Yil boshidan beri tashkiliy tartibda ishga joylashtirilgan 70 mingdan ortiq fuqarolarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi – 63 480 nafar. E’tiborli tomoni, mehnatkashlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Eng ko‘p deport qilinadigan migrantlar kimlar - ekspert javobi
Jumladan, ularning yo‘lkira haqi va ishga joylashish xarajatlarini qoplab berish uchun qariyb 1 mlrd 600 mln so‘m miqdorida mikroqarzlar berilgan. Bu bir kishi uchun 2 mln 700 ming so‘m demakdir.
Shuningdek, fuqarolar 25 dan ortiq turdagi kasblarga va til o‘rganishga jalb etilgan. Misol uchun, Rossiyaning Xalqlar do‘stligi universiteti tomonidan Mehnat vazirligining kasb-hunarga o‘qitish markazlari va monomarkazlarida tashkil etilgan rus tili kurslarida1,2 ming fuqaro o‘qitildi.
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu mamlakat hududidagi qurilish sohasiga 10 ming nafar o‘zbekistonliklarni mehnat shartnomasi asosida jalb etish yuzasidan “pilot loyiha” amalga oshirilayapti.
“Tadbirkor migrant” loyihasi doirasida esa xorijdan qaytgan fuqarolar Savdo-sanoat palatasi yordamida “Tadbirkorlik asoslari va biznes yurituvini tashkil etish”ga oid o‘quv kurslarida o‘qitilmoqda. Bugungi kunga qadar ularning 250 nafarga yaqini o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Mehnat migratsiyasi davrida jarohat olgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, kasallikka chalingan fuqarolarni hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilishi ham ma’lum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0