https://oz.sputniknews.uz/20211015/eng-kop-deport-qilinadigan-migrantlar-kimlar---ekspert-javobi-20917952.html
Eng ko‘p deport qilinadigan migrantlar kimlar - ekspert javobi
Eng ko‘p deport qilinadigan migrantlar kimlar - ekspert javobi
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis Rossiyada qaysi toifadagi migrantlar eng ko‘p deportatsiya qilinishi va buning oldini olish yo‘llari xususida gapirdi 15.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-15T10:26+0500
2021-10-15T10:26+0500
2021-10-15T10:42+0500
migratsiya
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/03/19076709_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_d207cef6877441708e6ad8dccc086402.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiyadagi chet el fuqarolari deport qilinishining eng asosiy sababi - ular tomonidan RFda bo‘lib turish muddatlarining buzilishidir. Bu haqda Mehnat migrantlari kasaba uyushmasi raisi Renat Karimovga tayangan holda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.Karimov chet el fuqarolari Rossiya hududida yarim yil vaqt ichida 90 kundan ortiq bo‘la olmasliklari, bu muddat o‘tishi bilan ular o‘z vatanlariga qaytishlari kerakligini aytadi.Qoidabuzarlik yuz bermasligi uchun ular faqat uch oydan so‘ng RFga qaytib kelishlari mumkin.Karimovga ko‘ra, mehnat migrantlari patent rasmiylashtirilishi zarurligiga e’tibor qaratgan. Agar bunga migrantning moliyaviy imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ham u qonunni buzgan sanaladi."U hisobga olish bazasi bo‘yicha kuzatib boriladi. Ertami-kechmi migrant baribir Rossiyadan chiqadi. Shunda uning qachon Rossiyaga kirib kelgani, qancha vaqt bu yerda noqonuniy bo‘lib turgani oydinlashadi", - deydi ekspert.Bunday holda migrantga kirish avtomatik tarzda yopiladi. Shuningdek, chet el fuqarolari ko‘chalarda to‘xtatilib, tekshirilishi ham mumkin."Agar u patent rasmiylashtirmagan holda Rossiyadan uzoq vaqt chiqmagani aniqlansa, bunday holda migrant qo‘liga RFga kirishga ta’qiq to‘g‘risidagi qarorni tutqazishlari mumkin", - deydi Karimov.Agar ish sudgacha taqaladigan bo‘lsa - holat og‘irlashadi. Sababi amnistiya sud qarori bilan RFdan chiqarib yuborilgan migrantlarga joriy etilmaydi.Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rossiya mehnat qiluvchi migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalaridan bo‘lgan 150 ming nafar migrantlardan kirishga ta’qiq olib tashlanishi haqida e’lon qilgan edi. Keyinroq ushbu raqam 158 mingga o‘zgardi.Rossiya prezidenti huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha prezidium kengashi a’zosi Kirill Kabanovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror mamlakatdagi kriminogen ziddiyatni kuchaytiradi va mamlakat xavfsizligiga tahdidni yuzaga keltirishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20211014/peskov-ozbekiston-fuqarolari-uchun-migratsiya-amnistiyasiga-oid-savolga-javob-berdi-20911433.html
https://oz.sputniknews.uz/20211013/migrantlarni-afv-qilish-qanchalik-togri-qaror-20892077.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/03/19076709_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_f2ece41606a8adf754ac89a21d38d01c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migratsiya
Eng ko‘p deport qilinadigan migrantlar kimlar - ekspert javobi
10:26 15.10.2021 (yangilandi: 10:42 15.10.2021) Mutaxassis Rossiyada qaysi toifadagi migrantlar eng ko‘p deportatsiya qilinishi va buning oldini olish yo‘llari xususida gapirdi
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiyadagi chet el fuqarolari deport qilinishining eng asosiy sababi - ular tomonidan RFda bo‘lib turish muddatlarining buzilishidir. Bu haqda Mehnat migrantlari kasaba uyushmasi raisi Renat Karimovga tayangan holda
Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Karimov chet el fuqarolari Rossiya hududida yarim yil vaqt ichida 90 kundan ortiq bo‘la olmasliklari, bu muddat o‘tishi bilan ular o‘z vatanlariga qaytishlari kerakligini aytadi.
Qoidabuzarlik yuz bermasligi uchun ular faqat uch oydan so‘ng RFga qaytib kelishlari mumkin.
Karimovga ko‘ra, mehnat migrantlari patent rasmiylashtirilishi zarurligiga e’tibor qaratgan. Agar bunga migrantning moliyaviy imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ham u qonunni buzgan sanaladi.
"U hisobga olish bazasi bo‘yicha kuzatib boriladi. Ertami-kechmi migrant baribir Rossiyadan chiqadi. Shunda uning qachon Rossiyaga kirib kelgani, qancha vaqt bu yerda noqonuniy bo‘lib turgani oydinlashadi", - deydi ekspert.
Bunday holda migrantga kirish avtomatik tarzda yopiladi. Shuningdek, chet el fuqarolari ko‘chalarda to‘xtatilib, tekshirilishi ham mumkin.
"Agar u patent rasmiylashtirmagan holda Rossiyadan uzoq vaqt chiqmagani aniqlansa, bunday holda migrant qo‘liga RFga kirishga ta’qiq to‘g‘risidagi qarorni tutqazishlari mumkin", - deydi Karimov.
Agar ish sudgacha taqaladigan bo‘lsa - holat og‘irlashadi. Sababi amnistiya sud qarori bilan RFdan chiqarib yuborilgan migrantlarga joriy etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rossiya mehnat qiluvchi migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalaridan bo‘lgan 150 ming nafar migrantlardan kirishga ta’qiq olib tashlanishi haqida e’lon qilgan edi. Keyinroq ushbu raqam 158 mingga o‘zgardi.
Rossiya prezidenti huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha prezidium kengashi a’zosi Kirill Kabanovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror mamlakatdagi kriminogen ziddiyatni kuchaytiradi va mamlakat xavfsizligiga tahdidni yuzaga keltirishi mumkin.