https://oz.sputniknews.uz/20211015/id-kartaga-ega-haydovchilardan-pravani-korsatish-talab-etilmaydi-20929286.html
ID-kartaga ega haydovchilardan “prava”ni ko‘rsatish talab etilmaydi
ID-kartaga ega haydovchilardan “prava”ni ko‘rsatish talab etilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi. 15.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-15T20:20+0500
2021-10-15T20:20+0500
2021-10-15T20:20+0500
jamiyat
plastik karta
haydovchilik guvohnomasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556784_680:658:2899:1906_1920x0_80_0_0_58f2f9781a830b2aab7a5356a24d94b2.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan:Quyidagi xizmatlar YaIDXP orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:- O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;- chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;- sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;- avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;- jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.Haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:- yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;- transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;- transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.2022 yil 1-fevralgacha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210725/id-karta-va-xorijga-chiqish-biometrik-pasportini-berish-dxm-orqali-amalga-oshiriladi-19819990.html
https://oz.sputniknews.uz/20210131/Endi-ID-karta-ki-aydovchilik-guvonomasi-bilan-am-bank-khizmatidan-foydalanish-mumkin-15905705.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556784_677:391:2886:2048_1920x0_80_0_0_57b29b373519456a16d40af300d02aab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, plastik karta, haydovchilik guvohnomasi
jamiyat, plastik karta, haydovchilik guvohnomasi
ID-kartaga ega haydovchilardan “prava”ni ko‘rsatish talab etilmaydi
ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan:
Quyidagi xizmatlar YaIDXP orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:
- O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
- chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;
- sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;
- avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;
- jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.
Haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.
Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:
- yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
- transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
- transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.
2022 yil 1-fevralgacha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.
Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.