Endi ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi bilan ham bank xizmatidan foydalanish mumkin

© Press-slujba MVDS 1-yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vidavatsya ID-karti
S 1-yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vidavatsya ID-karti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi bilan ham bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda endi ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi yordamida bank xizmatidan foydalanish mumkin. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori 2021-yil 26-yanvarda 3285-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 
Hujjatga asosan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
"Unda fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-karta yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi belgilandi", - deyilgan Markaziy bank xabarida.
Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgartirishlar bank va mijoz o‘rtasida shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2021-yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini berish tizimi joriy etilgan.
Yangiliklar lentasi
0