https://oz.sputniknews.uz/20211013/migrantlarni-afv-qilish-qanchalik-togri-qaror-20892077.html
Migrantlarni afv qilish qanchalik to‘g‘ri qaror?
Migrantlarni afv qilish qanchalik to‘g‘ri qaror?
Sputnik O‘zbekiston
RMF Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik migrantga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaganini ma’lum qildi. 13.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-13T16:26+0500
2021-10-13T16:26+0500
2023-04-05T18:34+0500
analitika
migrantlar
migratsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20880994_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d7ad32e8d7119ee0028cb07768d3cd05.jpg
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. “Amnistiya” qaysi tamoyil asosida qabul qilinadi va qaysi toifadagi migrantlar afv qilinishi mumkin? Xorijliklar uchun yangi yengilliklarni qachon kutish mumkin? Bu va boshqa savollarga Rossiya FA xalq xo‘jaligini prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi, iqtisod fanlari nomzodi Dmitriy Poletayev Sputnik agentligiga bergan ekskuziv intervyusida javob berdi.O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan migratsiya qonunlarini buzganlarning kechirishning asosiy sabablaridan biri pandemiya keltirib chiqargan mehnat bozoridagi og‘ir vaziyat bo‘ldi. Iqtisodiyot ishchi kuchini talab qiladi, shu bois murosa qilib, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan kishilar uchun chegaralarni ochishga to‘g‘ri kelmoqda.Poletayev odatda jiddiy huquqbuzarlikni sodir etmagan migrantlar toifasi afv qilinishini tushuntirdi.Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, muntazam ravishda xorijliklarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish kutilgan samaranini bermaydi. U Rossiya uchun migrantlar muhimligini ta’kidladi, biroq ishchi-ish beruvchi munosabatlarini tartibga soluvchi aniq tizim darkor.“Asta-sekinlik bilan migratsiya sohasini liberalizatsiya qilish zarur. Afv qilishga kelsak, uni 5-10 yilda bir marta e’lon qilish maqsadga muvofiq, bo‘lmasa qonunchilikning ahamiyati yo‘qoladi, jazo o‘z ma’nosi yo‘qotadi, baribir kechirishadiku degan fikr shakllanadi”, - deb o‘ylaydi ekspert.Poletayev 2020-yilda Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotni eslatib o‘tdi. Tadqiqot natijalari 60 foiz mingantlarning qonuniy bo‘lish bilan muammosi borligini ko‘rsatgan.“Bu borada O‘zbekistonning tashkillashtirib jo‘natish, jumladan, vatandan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va hujjatlarni to‘plash tajribasi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun amaliy namuna bo‘la olishi mumkin. Ammo bu yirik kompaniyalarga taalluqli. Xususiy sektorlar bunday jarayonlarni bo‘yniga ololmaydi”, - deya xulosa qildi u.
https://oz.sputniknews.uz/20211012/rossiya-150-ming-ozbekistonlikdan-mamlakatga-kirish-taqiqini-olib-tashladi-20868956.html
https://oz.sputniknews.uz/20211012/endi-nima-qilish-kerak-rossiya-150-ming-ozbekistonlikka-qoyilgan-zapretni-bekor-qildi-20872592.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20880994_69:0:1509:1080_1920x0_80_0_0_90b8f161c5dfcb31312b0823016490b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, migrantlar, migratsiya, rossiya
analitika, migrantlar, migratsiya, rossiya
Migrantlarni afv qilish qanchalik to‘g‘ri qaror?
16:26 13.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) RMF Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik migrantga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. “Amnistiya” qaysi tamoyil asosida qabul qilinadi va qaysi toifadagi migrantlar afv qilinishi mumkin? Xorijliklar uchun yangi yengilliklarni qachon kutish mumkin? Bu va boshqa savollarga Rossiya FA xalq xo‘jaligini prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi, iqtisod fanlari nomzodi Dmitriy Poletayev
Sputnik agentligiga bergan ekskuziv intervyusida javob berdi.
O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan migratsiya qonunlarini buzganlarning kechirishning asosiy sabablaridan biri pandemiya keltirib chiqargan mehnat bozoridagi og‘ir vaziyat bo‘ldi. Iqtisodiyot ishchi kuchini talab qiladi, shu bois murosa qilib, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan kishilar uchun chegaralarni ochishga to‘g‘ri kelmoqda.
Poletayev odatda jiddiy huquqbuzarlikni sodir etmagan migrantlar toifasi afv qilinishini tushuntirdi.
“Xorijliklarga yengilroq yondashgan sari, qonuniylik shuncha ko‘proq bo‘ladi, binobarin – ular ustidan samaraliroq nazorat bo‘ladi. Afv – bu vaqtinchalik chora, undan suiiste’mol qilmagan yaxshiroq”, - deb hisoblaydi Dmitriy Poletayev.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, muntazam ravishda xorijliklarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish kutilgan samaranini bermaydi. U Rossiya uchun migrantlar muhimligini ta’kidladi, biroq ishchi-ish beruvchi munosabatlarini tartibga soluvchi aniq tizim darkor.
“Asta-sekinlik bilan migratsiya sohasini liberalizatsiya qilish zarur. Afv qilishga kelsak, uni 5-10 yilda bir marta e’lon qilish maqsadga muvofiq, bo‘lmasa qonunchilikning ahamiyati yo‘qoladi, jazo o‘z ma’nosi yo‘qotadi, baribir kechirishadiku degan fikr shakllanadi”, - deb o‘ylaydi ekspert.
Poletayev 2020-yilda Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotni eslatib o‘tdi. Tadqiqot natijalari 60 foiz mingantlarning qonuniy bo‘lish bilan muammosi borligini ko‘rsatgan.
“Bu borada O‘zbekistonning tashkillashtirib jo‘natish, jumladan, vatandan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va hujjatlarni to‘plash tajribasi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun amaliy namuna bo‘la olishi mumkin. Ammo bu yirik kompaniyalarga taalluqli. Xususiy sektorlar bunday jarayonlarni bo‘yniga ololmaydi”, - deya xulosa qildi u.