https://oz.sputniknews.uz/20211015/afsonaviy-bokschi-rufat-risqievga-yangi-3-xonali-uy-qurilyapti-20920594.html
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga yangi 3 xonali uy qurilyapti
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga yangi 3 xonali uy qurilyapti
Sputnik O‘zbekiston
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga ko‘chib o‘tadi. 15.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-15T12:30+0500
2021-10-15T12:30+0500
2021-10-15T12:30+0500
jamiyat
toshkent
boks
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0e/20915724_0:106:933:631_1920x0_80_0_0_61dd2dd397c7b5a5388fded25bd7f8a8.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga ko‘chib o‘tadi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.O‘zbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi.“Loyihaga ko‘ra, Rufat akaning xonadonidagi bo‘sh yer maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy 3 xonali uy qurib beriladi. Reja bo‘yicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschi unga ko‘chib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.Rufat Asadovich Risqiyev 1974-yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum. 2019-yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20211002/toshkent-yolbarsi-afsonaviy-ozbek-bokschisi-rufat-risqiev-72-yoshga-toldi-20739694.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0e/20915724_0:0:915:686_1920x0_80_0_0_1e4a616fcddd759a00fac897d4a6309d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, boks
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga yangi 3 xonali uy qurilyapti
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga ko‘chib o‘tadi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga ko‘chib o‘tadi, deb
xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi.
“Loyihaga ko‘ra, Rufat akaning xonadonidagi bo‘sh yer maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy 3 xonali uy qurib beriladi. Reja bo‘yicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschi unga ko‘chib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.
Rufat Asadovich Risqiyev 1974-yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum. 2019-yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.