https://oz.sputniknews.uz/20211002/toshkent-yolbarsi-afsonaviy-ozbek-bokschisi-rufat-risqiev-72-yoshga-toldi-20739694.html
“Toshkent yo‘lbarsi”: afsonaviy o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev 72 yoshga to‘ldi
“Toshkent yo‘lbarsi”: afsonaviy o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev 72 yoshga to‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi. 02.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-02T16:02+0500
2021-10-02T16:02+0500
2021-10-02T16:02+0500
sport
o‘zbekiston
boks
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/02/20735971_0:0:1271:716_1920x0_80_0_0_5bf5c7032ee850ecbd77156f26bac8c8.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi.Rufat Asadovich Risqiyev 1949-yil 2-oktabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1974-yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum. 2019-yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.Rufat Asadovich o‘zbek boksiga tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri hisoblanadi.O‘zbek bokschilarining hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyosdir. Rufat Risqiyevning ko‘p yillik mehnatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan bo‘lib, o‘tgan yil yili prezident tomonidan taqdim etilgan “Do‘stlik” ordeni u kishining shaxsiy mukofot va sovrinlar kolleksiyasini yana bittaga boyitdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/02/20735971_0:0:1271:954_1920x0_80_0_0_4b5eff59204badbfaf48ff3800d33483.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, boks
“Toshkent yo‘lbarsi”: afsonaviy o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev 72 yoshga to‘ldi
“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi.
Rufat Asadovich Risqiyev 1949-yil 2-oktabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1974-yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum. 2019-yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.
Rufat Asadovich o‘zbek boksiga tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri hisoblanadi.
O‘zbek bokschilarining hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyosdir. Rufat Risqiyevning ko‘p yillik mehnatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan bo‘lib, o‘tgan yil yili prezident tomonidan taqdim etilgan “Do‘stlik” ordeni u kishining shaxsiy mukofot va sovrinlar kolleksiyasini yana bittaga boyitdi.