https://oz.sputniknews.uz/20211013/odkb-afgon-chegarasi-yaqinida-navbatdagi-harbiy-mashgulotlarni-otkazadi-20889201.html
ODKB afg‘on chegarasi yaqinida navbatdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi
ODKB afg‘on chegarasi yaqinida navbatdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
ODKB tojik-afg‘on chegarasida navbatdagi harbiy mashqlarni o‘tkazishni rejalashtirdi. 13.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-13T13:56+0500
2021-10-13T13:56+0500
2021-10-13T14:08+0500
dunyoda
tojikiston
afg‘oniston
kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/253/18/2531890_0:82:3028:1785_1920x0_80_0_0_51c725568e5c224cbb5d5dace0ff8c45.jpg
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Tojikistonda KXShT "Birgalikdagi - 2021" kollektiv kuchlarining mashqlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida o‘tkaziladi, deb xabar beradi KXShT Parlament Assambleyasi matbuot xizmati.Mashg‘ulotlar 22-23 oktabr kunlari Tojikiston poligonlarida Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni harbiy-siyosiy monitoringi doirasida o‘tkaziladi.Kuzatuvda Tashkilot mamlakatlaridan parlament a’zolari ishtirok etadi."Mashqlar davomida parlament a’zolari KXShT davlatining chegara hududlariga bostirib kirgan terrorchi qurolli tuzilmalarni lokalizatsiya qilish va yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarni kuzatadilar", - deyilgan xabarda.Bu harbiy-siyosiy monitoring ishida KXShT parlamentlarining ixtisoslashgan komissiyalari - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston parlament a’zolari jalb qilinadi.Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari allaqachon harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Qirg‘izistondagi Kant aviabazasidan Tojikistonga joylashtirildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin ham oktabr oyida Tojikistonda, Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, KXShT Kollektiv kuchlarining keng ko‘lamli mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Bu - "Birgalikdagi harakat", "Qidiruv" va "Eshelon" mashqlari. Ularga 2,7 mingdan ziyod harbiy xizmatchi va 500 dan ortiq harbiy texnika jalb qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20211009/odkb-mashgulotlari-harbiylar-nimaga-tayyorgarlik-korishmoqda-20842595.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/253/18/2531890_270:0:2759:1867_1920x0_80_0_0_093b51ecc611d4038f3827671d2344e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, tojikiston, afg‘oniston, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
dunyoda, tojikiston, afg‘oniston, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
ODKB afg‘on chegarasi yaqinida navbatdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi
13:56 13.10.2021 (yangilandi: 14:08 13.10.2021) ODKB tojik-afg‘on chegarasida navbatdagi harbiy mashqlarni o‘tkazishni rejalashtirdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Tojikistonda KXShT "Birgalikdagi - 2021" kollektiv kuchlarining mashqlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida o‘tkaziladi, deb xabar beradi KXShT Parlament Assambleyasi matbuot xizmati.
Mashg‘ulotlar 22-23 oktabr kunlari Tojikiston poligonlarida Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni harbiy-siyosiy monitoringi doirasida o‘tkaziladi.
Kuzatuvda Tashkilot mamlakatlaridan parlament a’zolari ishtirok etadi.
"Mashqlar davomida parlament a’zolari KXShT davlatining chegara hududlariga bostirib kirgan terrorchi qurolli tuzilmalarni lokalizatsiya qilish va yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarni kuzatadilar", - deyilgan xabarda.
Bu harbiy-siyosiy monitoring ishida KXShT parlamentlarining ixtisoslashgan komissiyalari - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston parlament a’zolari jalb qilinadi.
Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari allaqachon harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Qirg‘izistondagi Kant aviabazasidan Tojikistonga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin ham oktabr oyida Tojikistonda, Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, KXShT Kollektiv kuchlarining keng ko‘lamli mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Bu - "Birgalikdagi harakat", "Qidiruv" va "Eshelon" mashqlari. Ularga 2,7 mingdan ziyod harbiy xizmatchi va 500 dan ortiq harbiy texnika jalb qilinadi.