https://oz.sputniknews.uz/20211006/afgoniston-bmtdan-qarzlarni-qoplash-uchun-90-million-dollar-yordam-soradi-20786151.html
Afg‘oniston qarzlarni to‘lash uchun BMTdan 90 million dollar yordam so‘radi
Afg‘oniston qarzlarni to‘lash uchun BMTdan 90 million dollar yordam so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, bu mablag‘lar elektr energiyasini yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikni qoplash uchun zarur. 06.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-06T10:41+0500
2021-10-06T10:41+0500
2021-10-06T10:44+0500
dunyoda
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/09/20427059_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_164037a0b721a2d8c8ba5734f3f76db7.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Afg‘onistonning "De Afganistan breshna shirkat" (DABS) energetik korporatsiyasi BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi(UNAMA)dan 90 million dollarlik yordam so‘radi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.Qayd etilishicha, bu mablag‘lar elektr energiyasini yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikni qoplash uchun zarur.Ilgariroq DABS Afg‘onistonning qo‘shni davlatlar oldida elektr energiyasi uchun qarzdorligi 62 million dollarga yetganini ma’lum qilgan edi.Jumladan, Afg‘oniston O‘zbekistonga elektr energiyasi uchun 9,9 million dollar qarz bo‘lib qolgan.Undan ham oldinroq DABS elektr energiyasi eksportori bo‘lgan qo‘shni davlatlar - O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eronga - qarzdorlikni qoplash va’dasi bayon etilgan maktubni yo‘llab, elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatmaslikni iltimos qilgan edi.O‘z navbatida, Tojikiston va O‘zbekiston mavjud qarzdorlikka qaramay, qishki mavsumda elektr toki uzatishni to‘xtatmasliklari haqida rasman bayonot berganlar.Yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish uchun korporatsiya BMT tuzilmalariga yordam so‘rab murojaat qildi.Korporatsiyaning sobiq rahbari Daud Nurzayning aytishicha, elektr ta’minotining o‘chirilishi nafaqat Qobul, balki butun boshli Afg‘onistonda gumanitar falokatni yuzaga keltirishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20211005/afgoniston-ozbekistondan-elektr-energiyasi-uchun-salkam-10-million-qarzdor-20778062.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/09/20427059_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_8dd03cb588d919e6424e7f159b4933c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Afg‘oniston qarzlarni to‘lash uchun BMTdan 90 million dollar yordam so‘radi
10:41 06.10.2021 (yangilandi: 10:44 06.10.2021) Qayd etilishicha, bu mablag‘lar elektr energiyasini yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikni qoplash uchun zarur.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Afg‘onistonning "De Afganistan breshna shirkat" (DABS) energetik korporatsiyasi BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi(UNAMA)dan 90 million dollarlik yordam so‘radi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu mablag‘lar elektr energiyasini yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikni qoplash uchun zarur.
Ilgariroq DABS Afg‘onistonning qo‘shni davlatlar oldida elektr energiyasi uchun qarzdorligi 62 million dollarga yetganini ma’lum qilgan edi.
Jumladan, Afg‘oniston O‘zbekistonga elektr energiyasi uchun 9,9 million dollar qarz bo‘lib qolgan.
Undan ham oldinroq DABS elektr energiyasi eksportori bo‘lgan qo‘shni davlatlar - O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eronga - qarzdorlikni qoplash va’dasi bayon etilgan maktubni yo‘llab, elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatmaslikni iltimos qilgan edi.
O‘z navbatida, Tojikiston va O‘zbekiston mavjud qarzdorlikka qaramay, qishki mavsumda elektr toki uzatishni to‘xtatmasliklari haqida rasman bayonot berganlar.
Yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish uchun korporatsiya BMT tuzilmalariga yordam so‘rab murojaat qildi.
Korporatsiyaning sobiq rahbari Daud Nurzayning aytishicha, elektr ta’minotining o‘chirilishi nafaqat Qobul, balki butun boshli Afg‘onistonda gumanitar falokatni yuzaga keltirishi mumkin.