https://oz.sputniknews.uz/20211012/zaxiralar-tugayapti-mutaxassis-ozbekistonga-import-gazi-qachon-kerak-bolishi-haqida-gapirdi-20875777.html
Zaxiralar tugayapti: mutaxassis O‘zbekistonga import gazi qachon kerak bo‘lishi haqida gapirdi
Zaxiralar tugayapti: mutaxassis O‘zbekistonga import gazi qachon kerak bo‘lishi haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston o‘z gaz transport tizimiga sarmoya kiritmoqda va hatto gaz sotib olishga ham tayyor ekanligini respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi... 12.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-12T16:49+0500
2021-10-12T16:49+0500
2021-10-12T16:52+0500
analitika
o‘zbekiston
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20862840_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_983dd56d0c4ef229e4fa6bdf22230d2b.jpg
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekiston gaz transport tizimining holati va iqtisodiyotning ushbu soha istiqbollari, shuningdek, respublikada gaz ishlab chiqarishining o‘sishiga nima to‘sqinlik qilayotgani haqida Sputnik muxbiri va boshlovchisiga RFA ETIning (Rossiya Fanlar Akademiyasi Energiya tadqiqot instituti) jahon va Rossiya energetika kompleksi tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, Iqtisodiyot va infratuzilma tarmoqlarini tartibga solish instituti Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi energetik tadqiqotlar markazi direktori Vacheslav Kulagin so‘zlab berdi.2016 yilgacha O‘zbekiston asosan gaz eksport qiluvchi mamlakat bo‘lgan, shuning uchun prezidentning Qashqadaryoda qilgan bayonoti neft-gaz sohasidagi ko‘plab mutaxassislar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.Energetikning aytishicha, O‘zbekiston ma’lum miqdordagi uglevodorodlarni avvallari ham import qilib kelgan, uning xajmini o‘sishi esa 2020-yilda sodir bo‘lgan va bu O‘zbekistonda gaz qazib olishning aynan keskin pasaygan davriga to‘g‘ri kelgan."2020 yilda gaz ishlab chiqarish 10 milliard kubometrga kamaydi", - deydi Vacheslav Kulagin.Bugungi kunda importga bo‘lgan ehtiyoj eksport fonida ma’lum bir muvozanat bilan izohlanadi va keyingi o‘n yillikda bu ichki bozorda energiya iste’moli ortishi bilan izohlanadi.Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, respublikadagi gaz zaxirasi 2030-yilgacha yetadi. Sababi, mamlakatdagi gaz konlari tugab bormoqda va uni qazib olishda ma’lum muammolar yuzaga kelmoqda.Mutaxassisning fikricha, O‘zbekiston gazni kichik hajmda sotib oladi, shuning uchun respublikadagi gaz eksporti va importi mintaqaviy muammodan boshqa narsa emas. Ammo, agar bu vaziyat ustida ish olib borilmasa, kelajakda O‘zbekiston aniq gaz importoriga aylanishi mumkin.Kulagin mamlakat gaz sohasidagi ayrim muammolarga, jumladan, gaz transpot tizimining holati va gazni noqonuniy iste’mol qilish holatlariga e’tibor qaratdi. Respublika hukumati gaz tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu muammolarni hozir hal qilishi kerak.Rossiya O‘zbekiston bilan bir qancha sohalarda, jumladan, geologorazvedka, gaz qazib olish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilmoqda. Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi va Gazprombank O‘zbekiston gaz transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiyaviy dasturini qo‘llab-quvvatladi va 300 mln dollar kredit ajratdi.Birgalikda sa’y-harakatlar bilan hamdo‘st mamlakatlar juda yaxshi natijalarga erishishi mumkin.Suhbat yakunida mutaxassis O‘zbekiston neft-gaz sanoatini rivojlantirish uchun hali 7-8 yil borligini, biroq keyin u aniq importga o‘tishiga va qo‘shnilar bilan narxlar borasida kelishib olishga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211008/ozbekistonda-yil-boshidan-buyon-78-milliard-somlik-gaz-ogirlandi-20834283.html
https://oz.sputniknews.uz/20211007/tabiiy-gaz-importi-bojxona-bojidan-ozod-qilindi-20811178.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20862840_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_f501fc7cfd875118a327eb4f5c6993fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, o‘zbekiston, gaz
analitika, o‘zbekiston, gaz
Zaxiralar tugayapti: mutaxassis O‘zbekistonga import gazi qachon kerak bo‘lishi haqida gapirdi
16:49 12.10.2021 (yangilandi: 16:52 12.10.2021) O‘zbekiston o‘z gaz transport tizimiga sarmoya kiritmoqda va hatto gaz sotib olishga ham tayyor ekanligini respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi. Mahalliy xom ashyo ko‘pga yetadimi? Buni Sputnik eksperti bilan muhokama qilamiz
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekiston gaz transport tizimining holati va iqtisodiyotning ushbu soha istiqbollari, shuningdek, respublikada gaz ishlab chiqarishining o‘sishiga nima to‘sqinlik qilayotgani haqida Sputnik muxbiri va boshlovchisiga RFA ETIning (Rossiya Fanlar Akademiyasi Energiya tadqiqot instituti) jahon va Rossiya energetika kompleksi tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, Iqtisodiyot va infratuzilma tarmoqlarini tartibga solish instituti Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi energetik tadqiqotlar markazi direktori Vacheslav Kulagin so‘zlab berdi.
2016 yilgacha O‘zbekiston asosan gaz eksport qiluvchi mamlakat bo‘lgan, shuning uchun prezidentning Qashqadaryoda qilgan bayonoti neft-gaz sohasidagi ko‘plab mutaxassislar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.
Energetikning aytishicha, O‘zbekiston ma’lum miqdordagi uglevodorodlarni avvallari ham import qilib kelgan, uning xajmini o‘sishi esa 2020-yilda sodir bo‘lgan va bu O‘zbekistonda gaz qazib olishning aynan keskin pasaygan davriga to‘g‘ri kelgan.
"2020 yilda gaz ishlab chiqarish 10 milliard kubometrga kamaydi", - deydi Vacheslav Kulagin.
Bugungi kunda importga bo‘lgan ehtiyoj eksport fonida ma’lum bir muvozanat bilan izohlanadi va keyingi o‘n yillikda bu ichki bozorda energiya iste’moli ortishi bilan izohlanadi.
Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, respublikadagi gaz zaxirasi 2030-yilgacha yetadi. Sababi, mamlakatdagi gaz konlari tugab bormoqda va uni qazib olishda ma’lum muammolar yuzaga kelmoqda.
“Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 2028-yilgacha ularni ko‘paytirish imkoniyati mavjud, biroq keyin bundan ham yomonroq bo‘ladi va talab ortib borayotgan sharoitda salbiy ko‘rsatkich qayd etilishi ham mumkin”, - deya taxmin qilmoqda Kulagin.
Mutaxassisning fikricha, O‘zbekiston gazni kichik hajmda sotib oladi, shuning uchun respublikadagi gaz eksporti va importi mintaqaviy muammodan boshqa narsa emas. Ammo, agar bu vaziyat ustida ish olib borilmasa, kelajakda O‘zbekiston aniq gaz importoriga aylanishi mumkin.
Kulagin mamlakat gaz sohasidagi ayrim muammolarga, jumladan, gaz transpot tizimining holati va gazni noqonuniy iste’mol qilish holatlariga e’tibor qaratdi. Respublika hukumati gaz tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu muammolarni hozir hal qilishi kerak.
“Afsuski, bugungi kunda mamlakatda gaz bilan bog‘liq yo‘qotishlar ancha yuqori, shu bilan birga ularni kamaytirish imkoniyati ham mavjud. Gaz o‘lchash tizimini barqarorlashtirish, uning oqishi va noqonuniy iste’mol qilish holatlarini kuzatuv ostiga olish kerak”, - deydi Kulagin.
Rossiya O‘zbekiston bilan bir qancha sohalarda, jumladan, geologorazvedka, gaz qazib olish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilmoqda. Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi va Gazprombank O‘zbekiston gaz transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiyaviy dasturini qo‘llab-quvvatladi va 300 mln dollar kredit ajratdi.
Birgalikda sa’y-harakatlar bilan hamdo‘st mamlakatlar juda yaxshi natijalarga erishishi mumkin.
Suhbat yakunida mutaxassis O‘zbekiston neft-gaz sanoatini rivojlantirish uchun hali 7-8 yil borligini, biroq keyin u aniq importga o‘tishiga va qo‘shnilar bilan narxlar borasida kelishib olishga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.