Tabiiy gaz importi bojxona bojidan ozod qilindi

© AFP / HAIDAR MOHAMMED ALIOgon na gazopererabativayushey stansii
Ogon na gazopererabativayushey stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yil 1-oktabrdan tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti “Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabrdan tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi; yuridik shaxslar tabiiy gazni O‘zbekiston hududiga import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi.
2022 yil 1-yanvardan boshlab muhim tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar obyektlari bo‘yicha geologik o‘rganish yoki avval o‘rganilgan yer qa’ri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maxsus tartibi o‘rnatiladi. Bunda:
sotuv summasi yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining xarajatlarini chegirgan holda respublika budjetiga o‘tkaziladi;
tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilari foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega.
2022 yil 1-yanvardan esa quyidagilar bekor qilinadi:
foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusi;
foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan imzoli bonus.
2022 yil 1-yanvardan:
geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish obyekti hisoblanmaydi;
geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi joriy qilinadi.
Ushbu litsenziya to‘lovining 70 foizi – respublika budjetiga, 15 foizi – viloyat mahalliy budjetiga, 15 foizi – tuman (shahar) mahalliy budjetiga yo‘naltiriladi.
Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga QQS summasini qoplab berish ariza berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
“Hududgazta’minot”: Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o‘chirilmaydi
Yangiliklar lentasi
0