Qaysi vaksina bilan emlangan xorijliklar Umra ziyoratiga borishi mumkin

© AP Photo / Amr NabilPalomniki v aeroportu Djeddi, Saudovskaya Araviya
Palomniki v aeroportu Djeddi, Saudovskaya Araviya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan ma’qullangan COVID-19 ga qarshi vaksinalar bilan emlangan xorijliklar mamlakatga kirishi mumkin.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan ma’qullangan COVID-19 ga qarshi vaksinalar bilan emlangan xorijliklar Umra ziyoratini amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda 10-oktabr kuni “Gulf Business” nashri xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoniga “Pfizer/BioNTech”, “Oxford-AstraZeneca” yoki “Moderna” vaksinasining ikki dozasini, yoki “Johnson & Johnson” vaksinasining birinchi dozasini olganlar kiritiladi. Hozircha aynan shu vaksinalar Arabiston hukumati tomonidan ma’qullangan.
Podshohlik SSV mamlakatga “Sinopharm” yoki “Sinovac” bilan emlanganlar ham mamlakatga kirishi mumkinligini ma’lum qildi, biroq Arabiston hukumati tomonidan ma’qullangan qo‘shimcha vaksinani olish kerak bo‘ladi.
Veruyushie vo vremya molitvi v Kaabe, Saudovskaya Araviya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2020
Saudiya hukumati Haj mavsumida Ka’bani qo‘l bilan ushlashni taqiqladi
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda aholi koronavirusga qarshi “AstraZeneca”, ZF-UZ-VAC2001, “Sputnik V”, “Moderna” va “Pfizer/BioNTech” vaksinalari bilan emlanmoqda. Tez orada Turkiyadan “Sinovac” vaksinasi ham keltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoniga kirish 2020-yil fevrali oxirida koronavirus pandemiyasi sabab vaqtincha cheklangan edi. Ketma-ket ikki yil boshqa mamlakatlar qatorida Markaziy Osiyo ziyoratchilari Hajga bora olishmadi.
Yangiliklar lentasi
0