TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati kelgusi Haj mavsumida ziyoratchilarga Ka’bani qo‘l bilan ushlashni taqiqladi. RIA Novosti xabariga asosan.
Bu yil Haj mavsumi 28-iyuldan 2-avgustgacha o‘tkazish mo‘ljallangan.
“Ka’bani o‘pish yoki uni qo‘l bilan ushlashga urinish taqiqlanadi”, - deyilgan Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari bo‘yicha vazirlikning xabarida.
Xavfsizlik maqsadida Ka’ba to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yiladi.
Ham mavsumida ziyoratchilar Ka’bani 7 marotaba aylanish (tavof) chog‘ida Ka’bani o‘pish yoki uni qo‘li bilan ushlashga harakat qilishadi.
Diniy tadbirlarni amalga oshirish vaqtida musulmonlar soni bir vaqtning o‘zida 50 kishidan oshmasligi kerak, ular niqobda va ijtimoiy masofani saqlashi talab etiladi.
Arofat tepaligida ziyoratchilar shaharchasida chodirlar orasidagi masofa 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Ziyoratchilarga muqaddas Zamzam suvi ham faqat bir martalik idishlardan beriladi.
Bundan avval, Saudiya Arabistoni hukumati bu yilgi Haj mavsumi xorijlik ziyoratchilarsiz o‘tishi e’lon qilingandi. Har yili 2 milliondan ortiq ziyoratchi ishtirokida o‘tgan Hajda bu yil 10 ming nafar musulmon qatnashadi.
Saudiya Arabistoni arab davlatlari ichida koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha eng yuqori davlat bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatda 217 mingdan ortiq kishi virus yuqtirib olgan, ulardan 2 mingdan ortiq kishi vafot etib, 154 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.