Mashina oynasidan tanasini chiqarib olgan "kaskador-operator"ga chora ko‘rildi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
“Spark” oynasidan tanasini chiqarib olgan operator javobgarlikka tortildi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda "Bizning fotograflar oldida gollivud kaskadorlari hijolat" izohi bilan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Videoda yo‘lovchi o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ygan holda harakat vaqtida "Spark" rusumli avtomobil salonidan chiqib olganligi aks etgan.
Toshkentda yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu holat 2021-yil 5-oktabr kuni soat 16:30 larda, Yangihayot tumani hududida sodir bo‘lganligi aniqlandi.
Yo‘lovchi sifatida qoidani buzgan, 1999-yilda tug‘ilgan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 138-moddasi to‘rtinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0