Toshkentda yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yangihayot tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘in bir kishining umriga zomin bo‘ldi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida ro‘y bergan oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in haqidagi xabar bugun, 11-oktabr kuni, soat 09:50 da shahar FVBga xabar kelib tushgan.
FVV ma’lumotiga qaraganda, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:53 da yetib borgan. Yong‘in soat 10:03 da qurshab olingan va soat 10:25 da bartaraf etilgan.
Pojarniy MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Toshkentda “Milliy taomlar oshxonasiga mo‘ljallangan binoda yong‘in yuz berdi
Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.m. maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.
Tezkor harakatlar natijasida olti fuqaroning hayoti saqlab qolingan. Bir fuqaro esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan halok bo‘lgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0