O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziyani yirik hisobda mag‘lub etdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2021
Obuna bo‘lish
Ammanda kechgan o‘rtoqlik o‘yinida “oq bo‘rilar” raqibni 5:1 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. 9 oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Malayziya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Iordaniya poytaxti Ammanda kechgan bahsda “oq bo‘rilar” raqibni 5:1 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Dostonbek Hamdamov o‘z dublini nishonlandi. Shuningdek, shu kuni terma safida o‘z debutini o‘tkazgan Husayn Norchayev 33-daqiqaga kelib, hisobni 3:0 ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda malayziyaliklar oradagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ikkinchi bo‘limda ham Srechko Katanes shogirdlari qator hujumlar uyushtirib, imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Azizbek Omonov o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi.
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Srechko Katanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak – Katanes
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyadagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi. Endilikda terma jamoaning keyingi bahsi 12-oktabr kuni Ammandagi “Amman International Stadium” stadionida mezbon Iordaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0